Koʼhna Qalʼajiq qalʼada yangi topilmalar

Xorazm Maʼmun akademiyasi Аrxeologik ekspeditsiyasi Qalʼajiq qalʼa yodgorligida arxeologik tadqiqotlar davomida yodgorlikning mudofaa devorlarini ochib oʼrgandi. Tadqiqotlar davomida mil. avv IV-III asrlarga oid eng qadimgi devor qismi oʼrganildi. Ikki qator devor oraligʼidagi yoʼlak ochildi. Tashqi devorning himoya vositasi boʼlmish shinaklar ochib oʼrganildi.

 

Ekspeditsiya yakunida ochilgan mudofaa devorlar somon suvoq bilan konservatsiya qilindi. Tadqiqotlar jarayonida bir qator antik davr sopol idishlar boʼlaklari, temirdan ishlangan kamon oʼq uchi hamda yogʼoch qoldiqlari topildi.