Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Katta Qirqqiz qalʼa”dan yangi arxeologik yodgorlik topildi


2021-yil may oyida Janubiy Orolboʼyi Oʼzbekiston-Rossiya kompleks arxeologik ekspeditsiyasi arxeologik ishlarining 2-mavsumi ish boshladi. Ekspeditsiya ishlarida OʼzR FА Qoraqalpogʼiston boʼlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya instituti, Rossiya Sharq xalqlari sanʼati muzeyi ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

Ellikqalʼa tumani hududida joylashgan “Katta Qirqqiz qalʼa” yodgorligida amalga oshirilgan arxeologik qazish ishlari mazkur mintaqada qadim davrlarda yashagan xalqlar tarixi toʼgʼrisida yangi maʼlumotlarga asos boʼladi. Аrxeolog-olimlarning taʼkidlashicha, mazkur yodgorlik miloddan avvalgi IV-III asrlarda qoʼrilgan boʼlib, milodiy VII-VIII asrlargacha gullab-yashnagan.

  

Qalʼaning gʼarbiy tomonida tashqi kompleks – yirik monumental bino mavjud boʼlib, unda arxeologik qazish davomida antik keramika namunalari, maishiy buyumlar, eng asosiysi, butun kamalak ranglarini oʼzida jamlagan devoriy rangli tasvirlar namunalari topildi. Hech qanday mubolagʼasiz aytish mumkinki, mazkur obyekt noyob arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Bunday tashqari, qalʼa hududidan tangalar ham topildi va ularni restavratorlar oʼrganmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!