馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kartoshkachilikni rivojlantirish xalqimiz rizq 鈥搑o始zini ta始minlash garovidir


O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug始chiligini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to始g始risida” gi qarori Respublika axolisining iste始mol kartoshkaga bo始lgan ehtiyojini to始la ta始minlash va shu bilan bir qatorda kartoshkachilikka yo始naltirilgan xo始jaliklarni sifatli urug始lik kartoshka bilan ta始minlash borasida o始z vaqtida belgilangan yorqin va shijoatli yechim deb bilamiz. Respublikamizda 120 ming gektardan ko始proq maydonda kartoshka yetishtiriladi va hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqqan xolda 1 gektar maydondan 15 dan 35 tonnagacha kartoshka hosili olinadi. Kartoshka hosildorligiga asosiy ta始sir qiluvchi omillar ekilgan yer maydonining iqlim sharoiti, yerning sifat darajasi, yetarli darajada sug始orish imkoniyatining mavjudligi, sifatli urug始lik bilan ta始minlanganligi, parvarishlash agrotexnologiyasiga to始la rioya qilinganligi, kasalliklardan o始z vaqtida himoyalanganligi va boshqalardan iborat. Ushbu omillardan asosiy va eng ahamiyatlisi hosildor, iste始molga yaroqli, sifatli, kasalliklardan xoli bo始lgan urug始lik kartoshka bilan ta始minlashdan iborat. Shu sababli, faqat ayrim mamlakatlardagina urug始lik kartoshka yetishtirish imkoniyati mavjud. Urug始lik kartoshka yetishtirish keng kamrovli soha bo始lib uning asosini, ma始lum kartoshka navining kasalliklardan (patogen va viruslardan) xoli bo`lgan birlamchi urug始ligini olish va uni bosqichma-bosqich ko`paytirishdan iborat. Donli ekinlardan farqli, kartoshka vegetativ usulda ko始paygani sababli urug始likni doimo yangilanib borishini talab etadi. Shu sababli urug始lik kartoshka yetishtirish hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro usulida birlamchi urug始likni - mikrotuganaklar shaklida yoki in vitro o始simlik sifatida olishdan boshlanadi. Kartoshkaning birlamchi urug始ligi issiqxonalarga yoki patogenlardan xolis yer maydonlariga ekilib yuqori avlodga mansub urug始lik kartoshka yetishtiriladi.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan qator yillar davomida Respublikada urug始lik kartoshka yetishtirish bo始yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar jahon talablari darajasida bajarilmoqda. Jumladan, Institut tomonidan hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro laboratoriya tashkil etilgan va ushbu laboratoriya tomonidan yetishtirilgan mikrotuganaklar, dengiz satxidan 1500-2000 metr yuqori joylashgan yer maydonlariga ekilib ulardan urug始lik kartoshkaning super super elita (SSE), super elita (SE) , elita (E) sinfiga mos avlodlarini olish agrotexnologiyasi yaratilgan.

Respublikada hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro laboratoriya Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan 2014-yilda tashkil etilgan bo始lib, unda ushbu sohaning yetakchi mutaxassislari faoliyat yuritadi va ushbu laboratoriya yiliga 1,5- 2 mln dona kartoshka urug始ligi mikrotuganaklarini, zarur holda in vitro o始simligini yetishtirish imkoniyatiga ega.

袗hamiyatlisi shuki, Prezident qarorida hududlarda in vitro laboratoriyalar tashkil etish va ularni ilmiy asosda ishga tushirish mexanizmlari ochib berilgan. Bunday laboratoriyalarni hududlarda yaratish asosida har bir hududning iqlim va boshqa sharoitlariga mos, iste始mol talab kartoshkaning birlamchi urug始ligini yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

Hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro laboratoriyalarni tashkil etish kartoshka birlamchi urug始ligi - mikrotuganaklar yoki in vitro o始simliklarni ko始plab miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Eng asosiysi, ushbu laboratoriyalarni hujayra texnologiyalari sohasida mutaxasislar bilan ta始minlashdan iborat. Kerakli mutaxassislarni tayorlashda ilm-fan bilan o始zaro hamkorlikni yo始lga qo始yish, mavjud tajribalardan to始la foydalanish zarur deb bilamiz. Hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro laboratoriyalarni tashkil etish xohlagan navdan kartoshka birlamchi urug始ligini yil davomida kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Bioorganik kimyo institutida hujayra texnologiyalariga asoslangan in vitro laboratoriyada patogan va viruslardan xoli bo`lgan kartoshka birlamchi urug始ligini - mikrotuganaklarni olish ishlari yo始lga qo始yildi va ular asosida urug始lik kartoshkaning keyingi yuqori sinf avlodlarini olish mumkinligini ko始rsatildi. Bugungi kunda, Institutning in vitro laboratoriyasi xo始jaliklarga kerakli miqdor kartoshka birlamchi urug始ligini shartnoma asosida yetishtirib berish imkoniyatiga ega.

Urug始lik kartoshka yetishtirishdagi asosiy muammo kartoshka birlamchi urug始ligini – mikrotuganaklarni yoki in vitro o始simligini issiqxona yoki yer sharoitida ekib ko始paytirib undan SSE avlodiga mansub urug始likni yetishtirishdan iborat. Institut tomonidan qator yillar davomida in vitro usulida olingan kartoshkaning “Pskom” va “Sarnav” navlari birlamchi urug始ligi - mikrotuganaklari asosida, ushbu navlarning SSE, SE, E avlodlariga mansub urug始lik kartoshka dala sharoitida Toshkent viloyati Bo始stonliq tumani, Jizzax viloyati Baxmal tumani yer hududlarida yetishtirildi. Oxirgi 3 yil davomida olingan 2000 tonnadan ko始proq SE va E avlodlariga mansub urug始lik kartoshka fermer xo始jaliklariga iste始molga kartoshka yetishtirish uchun sotildi.

Kartoshka urug始chiligi ilmiy asoslarini yaratish bo始yicha Bioorganik kimyo instituti tomonidan olib borilgan izlanishlar shuni ko始rsatmoqdaki, in vitro usulida olingan mikrotuganaklarni yerga ekilishi, yerga moslashuvi, yerda to始la unib chiqishi, o始sish davrida uni kasalliklardan saqlash kabi vazifalarga e始tiborni qaratish lozim.

Prezident qarorida ushbu vazifalarning yechimi o始z aksini topgan. Jumladan, kartoshkachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarini tashkil etish va ekin maydonining kamida 50 % urug始lik kartoshkaning SE va E avlodlarini yetishtirish vazifasi qo始yilgan. Shuningdek, qarorga binoan urug始lik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni yo始lga qo始yish unga innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar ko始zda tutilgan. Klasterlarning tashkil etilishi xo始jaliklarni urug始lik kartoshkaga bo始lgan e始tiborini oshiradi va endilikda xo始jaliklar bir vaqtda yetishtirgan xosilni iste始mol uchun sotadi va o始zi yetishtirgan urug始likni keyingi yilga ekish uchun oxirgi innovatsion texnologiyalar asosida saqlaydi va kerak bo始lsa urug始lik kartoshka sifatida sotadi yoki eksportga yo始naltiradi.

Qarorda, Xalqaro kartoshkachilik markazi bilan xamkorlikni yo始lga qo始yish asosiy vazifalardan biri etib tayinlangan. Xalqaro kartoshkachilik markazi qator yillar davomida Respublikamizda faoliyat olib boradi. Jumladan, ushbu tashkilotning beg始araz ko始magi orqali Bioorganik kimyo institutida bugungi kunda “Kartoshka biotexnologik kollektsiyasi” mavjud bo始lib, unda kartoshkaning 200 dan ziyod genotiplari, 86 ta germplazmalari va 20 dan ortiq navlari noyob ilmiy obyekt sifatida saqlanmoqda. Hamkorlikda olib borilgan izlanishlar natijasida Institut tomonidan, bugungi kunda kartoshkaning 4 ta yangi navi “Qaysar”, “G始ilon”, “Oybuloq” va “袗lvon” yaratilgan va Davlat sinov komissiyasiga topshirilgan. Kelajakda, Xalqaro kartoshkachilik markazi bilan hamkorlikni jadallashtirish Respublikamiz aholisini kartoshkaning erta, o始rta va kechpishar mahalliy navlari bilan ta始minlash imkoniyatini yaratadi.

Respublikamiz Prezidenti tomonidan kabul qilingan ushbu qaror, mamlakatimiz aholisini iste始molga kerakli kartoshka bilan to始la ta始minlash imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, xo始jaliklar o始zlarini sifatli urug始lik kartoshka bilan ta始minlaydilar va kelajakda urug始lik kartoshkani eksport qilish imkoniyatiga ega bo始ladilar.

 

Shavkat Salixov,

O’zR FA Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!