馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Jonkeldida yangi arxeologik yodgorliklar topildi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va “袗swa Power Dzhangeldy Wind” MChJ o始rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand Davlat universiteti mutaxassislaridan iborat ekspeditsiya joriy yilning 25-iyun – 25-iyul kunlarida Buxoro viloyati Peshku tumaniga qarashli Jonkeldi qishlog始i atrofi hududlarida (2 ta hudud: 23500 ga va 6700 ga maydonda) arxeologik yodgorliklarni aniqlash va xaritalashtirish maqsadida dastlabki dala-qidiruv ishlarini olib bordilar.

 

Jonkeldi qishloq markazidan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan nomsiz botiqning (hajmi: 10x3 km) shimoliy bortidan neolit davriga oid tom ma始nodagi toshga ishlov berish ustaxonasi topildi.

Ustaxona dengiz satxidan 383 m balandlikda, hozirda yemirilib ketgan kremniy konlari ustida joylashgan. Maydoni 70x30 m va ikki tomondan jarliklar bilan kesilgan. Bu yerda kremniyning oq, jigarrang va kulrang tusdagilari uchraydi. Biroq ular orasida oq kremniy ko始pchilikni tashkil qiladi. Yodgorlikda o始tkazilgan qazish ishlari bu yerda madaniy qatlamning yagonaligini va qalinligi 40 sm gacha yetishini ko始rsatdi. Ushbu chuqurlikdan keyin topilmalar tugaydi va oxaktoshli qoyalar boshlanadi.

Ustaxonadan 400 dan ziyod ishlov berilgan tosh buyumlar yig始ib olindi. Topilmalar orasida bir qator xom-ashyo deffekti tufayli yoki boshlang始ich bosqichlarda tashlab yuborilgan nukleuslar, uchirindi va plastinalar mavjud. Shuningdek, to始plamda toshlarni chaqmoqlash bilan bog始liq texnik yo始nilg始ilar katta qismni tashkil qiladikim, bu toshlarga birlamchi ishlov berish ishlari shu joyning o始zida amalga oshirilganligidan dalolat beradi. 袗ftidan, neolit davri aholisi (mil avv. VII-V ming yilliklar) bu yerga sifatli xom-ashyoni qo始lga kiritish uchun tashrif buyurishgan. Materiallarning guvohlik berishicha, bu yerda mavjud bo始lgan kremniy qalin oxaktosh qobiqqa va ichki deffektlarga ega. Shuning uchun ham ibtidoiy ustalar kremniyni shu joyning o始zida keraksiz qobiqlardan va ichki deffektlardan tozalab, yo始nilg始ilar yoki tayyor (deffektlardan holi) nukleuslar shaklida makonlarga olib ketganlar. Buning uchun shu joyning o始zida toshlarga birlamchi ishlov berish ishlarini amalga oshirishga to始g始ri kelgan. Tipologik jihatdan bu “tom ma始nodagi” ustaxona, ya始ni, kremniy konlari yaqinida joylashgan bu joyga neolit davri odamlari xom-ashyo olib ketish uchun tashrif buyurganlar va toshlarga birlamchi ishlov berish faoliyatini amalga oshirganlar. Yodgorlikka Jonkeldi neolit davri ustaxonasi nomi berildi. Bu yerdan yig始ib olingan arxeologik materiallarning texnik-tipologik va keng qiyosiy tahlillari ustaxonaning mohiyatini kengroq ochib berish imkonini beradi.

 

Biroq hozirdanoq aytish mumkinki, Jonkeldi hududidan yangi tosh davriga oid yangi yodgorlik – toshga ishlov berish ustaxonasi topildi va O始zbekiston tarixi neolit davriga oid yangi bir yodgorlik bilan boyitildi. Jonkeldi hududi ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay paleoekologik sharoitlarga ega bo始lgan. Bu yerda mavjud bo始lgan sifatli kremniy konlariga ehtimol, yaqin atrof yoki qo始shni hududlardan ibtidoiy ajdodlarimiz tashrif buyurishib, xom-ashyo olib ketganlar.

Ustaxona topilgan nomsiz botiqni tadqiq qilish jarayonida, uning janubiy-g始arbiy bortidan o始rta asrlarga (V-X asrlar) oid tizimli tarzda shimoliy-g始arb - shimoliy-sharq yo始nalishidagi bir chiziq bo始lib cho始zilgan 8 ta doira shaklidagi mozorqo始rg始onlar guruhi topildi. Qo始rg始onlarning ustki qismi turli o始lchamlardagi (20-50 sm) oxaktoshlar bilan doira shaklida qalangan tosh to始plamlari kuzatildi. Tosh qalamalarning diametri 5 ta holatda 2 metr radiusni, qolgan 3 tasida yanada kichikroq diametrga ega. Qo始rg始onlar orasidagi masofa 3 m ni tashkil qiladi. Qabrlar deb taxmin qilinayotgan bu qurilmalarning 4-sidan ko始plab sopol parchalari yig始ib olindi. Sopollar ilk o始rta asrlar sopollari deb taxmin qilinmoqda.

Shunday qilib, Buxoro viloyati Peshku tumani, Jonkeldi qishlog始i atrofidagi loyiha bo始yicha belgilab berilgan 30 mingga dan ortiq hududlarning arxeologik xaritasidan “oq dog始”lar olib tashlandi. Bu hudud neolit va o始rta asrlar davrlari davomida ajdodlarimiz tomonidan istiqomat qilinganligi aniqlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!