2020-yil 2-iyul kuni O'zR FA Matematika instituti va O始zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti o始rtasida o始zaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yo始lga qo始yish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

Unda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy, iqtisodiy sohalarga matematik modellarni tadbiq qilish ko始lamini kengaytirish bo始yicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, valyuta kursini o始zgarishlar dinamikasi asosida qisqa va uzoq muddatli prognozlashtirish, sohalar bo始yicha kredit tizimini prognozlashtirish, tijorat banklarida pul oqimlarini prognoz qilish va barqaror resurs bazasini shakllantirish, kredit va unga hisoblangan foizlarni to始lashda muqobil variantlarini taqdim etuvchi dasturiy ta始minot yaratish kabi sohalarda o始zaro hamkorlik qilishga kelishildi.