2020-yil 2-iyul kuni O'zR FA Matematika instituti va Oʼzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti oʼrtasida oʼzaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.
Unda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy, iqtisodiy sohalarga matematik modellarni tadbiq qilish koʼlamini kengaytirish boʼyicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, valyuta kursini oʼzgarishlar dinamikasi asosida qisqa va uzoq muddatli prognozlashtirish, sohalar boʼyicha kredit tizimini prognozlashtirish, tijorat banklarida pul oqimlarini prognoz qilish va barqaror resurs bazasini shakllantirish, kredit va unga hisoblangan foizlarni toʼlashda muqobil variantlarini taqdim etuvchi dasturiy taʼminot yaratish kabi sohalarda oʼzaro hamkorlik qilishga kelishildi.