Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi


O‘zR FA Polimerlar  kimyosi va fizikasi institutida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Institut direktori, akademik S.Sh. Rashidova Davlatimiz rahbarining akademiklar, olimlar, yoshlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari  va oliy ta’lim maskanlari vakillari  bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida kimyo, biologiya, matematika va geologiya  sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarga katta e’tibor berilayotganligi, olimlar uchun qulay sharoitlar yaratilayotganligi, bugungi  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi  vakillari  bilan uchrashuv misolida ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish zaruriyati haqida gapirdi. Kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirishda  “O‘zbekipaksanoat” kabi kimyo sanoati uyushmalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.K.Sharipov so‘zga chiqib,  sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, ipakchilikni  rivojlantirishda  hamkorlikda ish olib borish muhimligi va istiqbolli rejalar haqida gapirdi.

Uchrashuv yakunida  FA Polimerlar  kimyosi va fizikasi instituti hamda “O’zbekipaksanoat”  uyushmasi hamkorlikda amalga oshiradigan  ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan  aniq rejalar  belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!