Joriy yil 16–18-sentyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan O始zbekistonda ilk bora qishloq xo始jaligi sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo始lgan ilmiy ishlanmalar ko始rgazmasida O始zR F袗 Mikrobiologiya instituti tuproqning sog始lomlashishi va o始simliklarning hosildorligini oshiruvchi ekologik toza “Yer malhami”, o始simliklarning o始sishi va hosildorligini oshiruvchi “BIST”, chorvachilikda omuxta yem qo始shimchasi va silos achitqisi sifatida qo始llaniluvchi “Trixostim”, fungitsidlik xususiyatiga ega bo始lgan, o始simliklarning o始sib-rivojlanishini tezlashtiruvchi “Mikroo始stirgich”, qishloq xo始jaligi o始simliklarining hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishning yangi texnologiyasi “袗ZO—UZ”, yem-hashak ekinlarini konservatsiya qilish va tayyorlash uchun “IMBIOKON” biopreparatlari, don va dukkakli ekinlar o始sishi va rivojlanishini jadallashtiruvchi, kasalliklarini oldini oluvchi “MICROZYME-1”, paxta va yopik urugli ekinlar hosildorligini oshirish va kasalliklariga qarshi kurashish uchun “MICROZYME-2” enzimli organik o始git-biostimulyatori, chorvachilik sohasi uchun ixtisoslashgan “Baktovit” probiotik ozuqa qo始shimchasi bilan,

F袗 Genomika va bioinformatika markazi "G始o始zaning vilt kasalliklariga chidamli biotexnologik navlarini olish”, "Markerlarga asoslangan seleksiya (M袗S) - bu yangi va yuqori sifatli g始o始za navlarini yaratishning tezlashtirilgan va samarali teksnologiyasi", "Bug始doyda (Triticum aestivum L.) PHY A 1 genining RNA—interferentsiyasi texnologiyasi yordamida xosildorligi yuqori bo始lgan yangi biotexnologik liniyalar yaratish", "Gen-nokaut texnologiyasi yordamida agronomik xususiyatlari yaxshilangan kartoshkaning (Solanum tuberosum L.) yangi biotexnologik navlari" ishlanmalari bilan,
F袗 Bioorganik kimyo instituti “Biosolvent”, “Dag” preparatlari, pomidor, kartoshka va bir qancha mevalar uchun feromon tutqichlari bilan,

F袗 Navoiy bo始limi esa bentonit gillaridan foydalanib qobiqlangan chigit urug始larini ishlab chiqarish va paxtachilikda joriy qilish, bentonitli suspenziya bilan g始o始zani bargidan oziqlantirishga qaratilgan ilmiy-tajriba ishlari, cho始l chorvachilik va o始simlikshunoslik seleksion tizimini takomillashtirish, adir yerlarda tok o始simligini tomchilatib sug始orish uslubida yetishtirishning istiqbollari ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

Ushbu ko始rgazma oddiy aholi, olim va tadbirkorlar uchun foydali va samarali bo始lib, respublikamizning turli viloyatlari fermer va tomorka xo始jaliklari boshliqlari bilan uchrashuvlar, buyurtmalar, kelgusi xo始jalik shartnomalari tuzish uchun dastlabki kelishuvlar olib borildi.