馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy hamkorlik: xalqaro onlayn ilmiy seminar


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti tashabbusi bilan "Katta Quyosh qurilmasi (O’zbekiston)da uglerod tolasini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusida xalqaro onlayn seminar bo始lib o始tdi.

Seminarda, Materialshunoslik instituti va Drezden texnika universiteti (Germaniya)ning olimlari, doktorantlari, yosh mutaxassislari, shuningdek, "O始zkimyosanoat" AJ vakillari ishtirok etdilar.

Seminarning asosiy maqsadi O始zbekistondagi Katta Quyosh qurilmasi negizida yuqori mujassamlashgan Quyosh nurlanishidan foydalangan holda uglerod tolasini ishlab chiqarishning innovatsion usulini muhokama qilish edi.

Uglerod kompozitsiyalari aerokosmik sohada, shamol energetikasi, avtomobilsozlik, dengiz, neft va gaz sanoati kabi yuqori texnologiyali sohalarda keng qo始llaniladi. Murakkab uglerod tolali kompozitsiyalarining narxi metallarga nisbatan ancha qimmat. Uglerod tolasining jahon bozori 2019-yilda 4,7 milliard dollardan 2029-yilgacha 13,3 milliard dollarga o始sishi taxmin qilinmoqda. 袗erokosmik va mudofaa sanoati hamda avtomobilsozlik va shamol energetikasi sanoatining ortib borayotgan talabi tufayli bozorda ehtiyoj ortib bormoqda.

Seminarda professor Ralf Xeger (Germaniya) muhokamaga taqdim etgan Katta Quyosh qurilmasini sanoat usulida uglerod tolasini olish uchun ishlatishda yangicha yondashuv va bu jarayonga tashqi investorlarni jalb qilish taklifi katta qiziqish uyg始otdi. Tavsiya etilgan yondashuv Katta Quyosh qurilmasida sintez qilinadigan uglerod tolasini tannarxining pasayishiga olib keladi va yakuniy mahsulotning raqobatbardoshligi ortadi.

O’zR FA Materialshunoslik instituti olimlari geliostatlar uchun aks ettiruvchi yuzalarni nometall yuza bilan qoplash bo始yicha innovatsion usulni taklif qilishdi. Taklif nemis hamkorlarda qiziqish uyg始otdi va kengroq muhokamalar uchun qo始shimcha ma始lumot so始raldi. Ushbu texnologiya aks ettiruvchi komponent bilan birgalikda himoya qoplamasini bir vaqtda qo始llashga asoslangan.

Muhokamalar natijasida seminar ishtirokchilari Katta Quyosh qurilmasi asosida ishlab chiqarilgan uglerodli materiallarni olish va tadqiq etish sohasida hamkorlikni davom ettirish to始g始risida kelishib oldilar. Germaniya tomoni Jahon Banki, Germaniyaning Federal ta始lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi (BMBF)ning innovatsion loyihalarni qo始llab-quvvatlash imkoniyatlaridan foydalanishni taklif qildi va shuningdek, "O始zkimyosanoat" AJga qo始shma loyihani amalga oshirishni qo始llab-quvvatlash niyati uchun minnatdorlik bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!