(Facebook ijtimoiy tarmogida elon qilingan “Fanlar akademiyasi bizga kerakmi” nomli videomurojaatga javoban)
Ilmda tanaffus bo始lmaydi deydilar. Olim ilmiy kashfiyot yoki ilmiy ishlanma qilishi uchun bir necha, hatto o始n yillab shu tadqiqot ustida izlanadi. Kerak bo始lsa butun umrini shunga bag始ishlaydi. Zero, ilm, olimlik va bu yo始l g始oyat mashaqqatli hamda og始ir yo始l. Bejiz xalqimiz ilm o始rganishni “igna bilan quduq qazish”ga qiyoslamagan. Olim hech qachon o始rganishdan, izlanishdan to始xtamaydi.
Avvalo, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifalarini saralab olaylik.
2019-yil 29-noyabrdagi O始zbekiston Respublikasining “Fan to始g始risida”gi Qonunining 7-moddasida Fanlar akademiyasining, shuningdek, ushbu Qonunning 6-moddasida Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifalari va vakolatlari aniq belgilab berilgan. Demak, Fanlar akademiyasi respublika bo始yicha emas, balki, o始z tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyati uchun mas始uldir.
Ma始lumki, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-fevraldagi “Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshida “O始zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to始g始risida”gi PQ-1927-sonli qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasi tasarrufidagi bu institut faoliyati tugatilgan. Shunday ekan, Fanlar akademiyasi tomonidan bank tizimi va iqtisodiyot sohasidagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmaydi.
O始zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari ham hattoki pandemiya sharoitida ham ilmiy izlanishlar to始xtagani yo始q. Ular tomonidan mamlakat ilm-fani rivojiga qaratilgan ilmiy izlanishlar bisyor va bu har bir yo始nalishda amaliy ifodasini topmoqda. 袗yniqsa, so始nggi yillarda Fanlar akademiyasiga qayta e始tibor qaratilib, Davlatimiz Rahbari va Hukumatimiz tomonidan yanada qo始llab-quvvatlanganidan so始ng qator ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Dunyo miqyosida birinchi marta kremniy dioksidi nanozarrachalari asosida chang va nam qo始nmas qatlamlar olish texnologiyasi hamda tibbiyotda qo始llaniladigan izotoplarni siklotron va yadro reaktorida ishlab chiqish texnologiyasi yaratildi;
materiallarni gamma nurlari bilan radiatsiyaviy qayta ishlash texnologik tizimi yo始lga qo始yildi;
sterillangan tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari, ichimlik suvini tozalash va zararsizlantirish qurilmalari, radioizotoplarni ishlab chiqarish amalga oshirildi;
saraton kasalligini davolash uchun yangi lyutetsiy-177 radioizotop mahsulotini ishlab chiqarish yo始lga qo始yildi;
biologik namunalardan virus RNKsini ajratib olish to始plami va qon kasalliklarni aniqlash PZR diagnostikumi yaratildi;
GMO-nishonlarni aniqlovchi PZR reaktivlar to始plami ishlab chiqildi;
mahalliy xom-ashyo asosida bir qator dori moddalari substansiyalarini, shu jumladan, 5 xildagi tayyor dori moddalar va 4 xildagi generik-moddalarni ishlab chiqarish o始zlashtirildi. Biologik faol substansiyalar va bioreaktivlarni mamlakatimiz farmatsevtika sanoatiga yetkazib berish hamda Rossiya, Fransiya va 袗QShga eksport qilish yo始lga qo始yildi;
birinchi marotaba O始rta Osiyo uzum selektsiyasining 203 navlarini birlamchi genetik pasportlari tuzildi;
O始zbekistonda birinchi marta SARS-CoV-2 virusining 32 ta namunasi genomlari o始qildi;
suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash bo始yicha ekspress uslubiyoti ishlab chiqildi;
Sharqiy O始zbekiston va O始zbekiston markaziy qismining faol yer yoriqlari morfologiyalariga va maydon uzra joylashuviga yangilangan xaritalari tuzildi va hududlarning seysmotektonik modellari ishlab chiqildi;
neytronlarning yadro bilan ta始sirlashishini hisobga olgan holda namunaning ichki tuzilishini o始rganishga imkon beradigan neytron radiografiyasi va tomografiyasi qurilmasi yaratilib, ishga tushirildi;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning yangi dasturlashtirilgan matematik modeli yaratildi;
keramik infraqizil nurlanish ta始sirida texnik glinozem olish texnologiyasi yaratildi va an始anaviy usullarga nisbatan 5-7 barobar kam tannarxga erishildi. Turg始un suv havzalaridan radioaktiv seziyni ajratib olish texnologiyasi yaratildi;
Quyosh sandonida eritilgan mahalliy xom-ashyo – kaolin asosida nanokatalizatorlar va sanoatda ishlatiladigan keramik tashuvchi elementlar tayyorlandi;
astronomiya bo始yicha ta始lim beradigan oliy o始quv yurtlarida 6 ta o始quv-ilmiy observatoriyalar barpo etildi;
gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo始yicha qo始llanma ishlab chiqildi;
yaqin yillarda seysmik faollashadigan hududlar aniqlandi va O始zbekiston seysmik xaritasi ishlab chiqildi;
Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Qirg始iziston olimlari bilan Markaziy Osiyo va Kavkazorti xalqlariga mansub bo始lgan 20 dan ortiq etnos (milliy guruh) larning genetik tadqiqotini o始tkazish natijasida Markaziy Osiyo aholisining DNK banki tuzildi. Respublikaning viloyatlari bo始yicha immunologik va genetik xaritasi va pasporti yaratildi;
Osiyo qit始asida oldin fanga noma始lum bo始lgan 30 dan ortiq o始simlik turlari kashf etildi. Eng zamonaviy yondashuvlar asosida O始zbekistonning botanik-geografik xaritasi yaratildi, o始simliklar qoplamini tasniflash va o始zgarishlarni bashoratlashning elektron tizimi joriy etildi;
O始zbekiston hududidan 108 yil oldin terilgan va hozirda yo始qolib ketgan turning gerbariy namunasidan DNK ajratib olindi;
袗lisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari to始plamining 3 jildi tayyorlandi. Yangilangan “袗lisher Navoiy asarlarining izohli lug始ati”ning 1-jildi nashr etildi;
5 jildli “O始zbek tilining izohli lug始ati”, “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lug始ati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo始llanmasi nashr qilindi;
Bugungi kunda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan 20 dan ortiq radioizotoplar ishlab chiqarilib mamlakatimiz tibbiyot muassasalariga yetkazib berilmoqda va eksport qilinmoqda.
O始zbekistonda istiqomat qilayotgan 35 milliondan ortiq aholining xavsizligini ta始minlashga qaratilgan “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida”gi Qonun Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan ishlab chiqildi.
Fanlar akademisi ilmiy laboratoriyalarida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan F袗 tomonidan tegishli ilmiy yo始nalishlarda nashr etilayotgan 20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallar orqali tanishish mumkin.
Shu bilan birga, jahonning yetakchi ilmiy jurnallarida bizning olimlarimiz tadqiqotlari e始tirof etilayotganligi hamda ularning natijalari bilan ham bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan bir paytda hech qanday qiyinchiliklarsiz tanishish mumkin.
Ta始kidlash joizki, yuqorida sanab o始tilgan ilmiy yutuqlar so始nggi 5 yil ichidagi (2 yil pandemiya sharoitida) amalga oshirilgan va bunday ilmiy yutuqlarni yana ko始plab keltirish mumkin. O始ylaymizki, tanazzul yoqasiga kelgan hamda e始tibordan chetda qolgan bir tizimning uyg始onish davridagi dastlabki 5 yiliga arzirli natija bo始lsa kerak.
Biror-bir tizim faoliyati haqida keng jamoatchilikka fikr bildirishdan oldin ushbu tizim tasarrufida mavjud va ularning ilmiy faoliyati bilan tanishish maqsadga muvofiq deb o始ylaymiz. Qolaversa, ilm yo始lidagi “olim”ning ilm-fan yangiliklaridan bexabar holda o始z nuqtai nazaridan kelib chiqib ilm-fan haqida fikr bildirishi Fanlar akademiyasi tomonidan hech qanaqa ilmiy izlanishlar, amaliy faoliyat olib borilmadi degani emas. Ta始kidlash joizki, o始zingiz ham shu mashaqqatli yo始lda yuribsiz, bu yo始lning achchiq-chuchchigini totyapsiz, uning zalvorli yukini his qilyapsiz, va o始ylaymizki, kashfiyot yoki ilmiy yangilik qilish olimdan qancha vaqt talab qilishini to始g始ri anglaysiz.
Shunday ekan, hozirgi butun dunyo uchun sinovli bo始lgan kunlarda hamjihat bo始lib, respublikamiz rivojida yo始lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz kerak. Zero, “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, illat izlaganga illatdir dunyo...”.