Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonun qabul qilindi


So‘nggi yillarda barcha sohalar qatorida ilm-fanni yanada rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan namoyandalari, akademiklar, olimlar bilan uchrashuvlari nafaqat ilm-fan rivojida, balki mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon ilmiy jamoatchilikda muhokama qilinayotgan va kuni kecha qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun ham buning yaqqol misolidir.

Ushbu qonun ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, barcha ilm-fan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning o‘rni, vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan asosiy, muhim va o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!