Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri bo始lgan Ikkinchi jahon urushi yillari o始zining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech qachon o始chmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urushning millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt o始limiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab bo始lganligi ko始plar asarlarda qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi. Shunga qaramay, vaqt o始tgani sari uning og始riqlaridan xalos bo始lish qiyinlashib boraveradi.
Urush O始zbekiston xalqlari uchun ham chuqur sinov bo始libgina qolmay, bu davrda xalqimizning faqatgina o始ziga xos jihatlari - birovning dardiga sheriklik, kulfatda qolgan insonlarga beg始araz yordam qo始lini cho始zish, mehr-muruvvat, bag始rikenglik, qo始yingki, islom dini mohiyatida aks etgan ko始plab ezgu amallar egasi ekanligi ham yaqqol namoyon bo始lgan edi. 袗lbatta, buni sobiq sovet davlatining barcha hududlarida bugungi kunda ham tan olishadi va eslashadi. Shu o始rinda 1996-yilning aprel oyida Moskvada bo始lib o始tgan “II jahon urushi saboqlari va fashizm ustidan qozonilgan g始alabaning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda O始zbekiston vakillaridan biri sifatida qatnashgan I. Iskandarovning xotiralarini eslash o始rinlidir. Uning qayd etishicha, o始sha davrda Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlaridan biri o始z ma始ruzasida O始zbekistonning urushda qozonilgan g始alabasi haqida to始xtalib: “Fashizmga qarshi otilgan har o始nta snaryaddan bittasi O始zbekistonda ishlab chiqarilgan”, – degan fikrni ta始kidlagan. 袗lbatta, bu xalqimizning mashaqqatli mehnatiga berilgan munosib bahodir.
Darhaqiqat, O始zbekiston o始z davrida “front ortidagi front” sifatida namoyon bo始ldi. Eng avvalo, minglab o始zbek va o始zbekistonlik o始g始lonlar jang maydonlarida qahramonona kurash olib bordilar. Urush bo始layotgan hududlardan yuzlab sanoat korxonalari, ijtimoiy-madaniy muassasalar hamda millionlarcha insonlar O始zbekistonga ko始chirib keltirildi. Respublikaning o始zida o始nlab yangi korxonalar barpo etildi, ularning barchasi va respublikada mavjud korxonalar urush ehtiyojlariga yo始naltirildi.
Xuddi shunday bir vaziyatda o始zbekistonlik ayollar butun og始irlikni o始z zimmalariga olishdi. Qishloq xo始jaligi, sanoat va iqtisodiyotning boshqa barcha sohalarda xotin-qizlar mehnati yetakchi o始ringa chiqdi. Bu davrda ko始plab nafaqadagi ayollar ham o始z ishlariga qaytib kelib, mehnat qilganlar.
Tabiiyki, urush tufayli sanoat korxonalarida ishlaydigan erkaklarning katta qismi frontga jalb etildi. Bu esa, o始z navbatida, sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilari safida ayollar sonining oshib borishiga sabab bo始ldi. Statistik ma始lumotlarga e始tibor beradigan bo始lsak, 1942-yilning oxiriga borib, sanoat ishchilarining 63,5 foizi, qishloq xo始jaligi vakillarining 65 foizini xotin-qizlar tashkil etgan edi. Vaholanki, 1940-yilda respublika bo始yicha sanoat sohasida band ayollar jami ishchilarning 43%ini tashkil etgan edi.
Urush arafasida Samarqand viloyatida 195 ta sanoat korxonasi hamda uch mingdan ortiq mayda korxonalar faoliyat yuritgan. Ularning aksariyati ishlab chiqarishni qiyinchiliklar bilan bo始lsa-da, front ehtiyojlari uchun yo始naltirganlar. Urush yillarida mamlakatning turli hududlaridagi o始nlab korxonalar Samarqandga ko始chirib keltirilib, o始z faoliyatini yo始lga qo始ydi. 1941-yilning oxiriga kelib shahar sanoat korxonalarida 2,5 ming ayollar ishlay boshlaganlar.
Shuningdek, Buxoroda ham urush yillarida ayollar faol mehnat qilganlar. Iqtisodiyotning barcha jabhalarida mehnat qilish ayollarning zimmasiga tushgan. Urush yillarida 200 dan ortiq buxorolik xotin-qizlar sanoat korxonalari va artellarga boshchilik qilganlar. Buxorolik 50 yoshli Bahrixon 袗shurxo始jaeva evakuatsiya qilingan turli millatlarga mansub 8 ta bolani o始z tarbiyasiga olgan.
Manbalarning dalolat berishicha, urushning ilk davrlaridayoq respublikaning ko始plab hududlarida ayollar tashabbusni o始z qo始llariga olib, turli tadbirlar uyushtirganlar va barchani bir safda turib mehnat qilishga da始vat qilganlar. Masalan, 1942-yilda Urganch shahrida uyushtirilgan xotin-qizlar mitingida ko始plab uy bekalari ishtirok etganlar va barcha ayollarni frontga ketgan erkaklar o始rnini bosish uchun sanoat korxonalarida ishlashga da始vat qilganlar. Natijada 1943-yilga kelib Urganch korxonalarida 1300 nafar xotin-qizlar mehnat qilganlar.
Urush yillarida O始zbekistonda ko始plab qurilishlar amalga oshirilgan bo始lib, xotin-qizlar qurilish ishlarida ham faol qatnashganlar. Jumladan, Salor va Farhod GESlari, respublikaning turli hududlarida urush davrida bunyod etilgan 200 ta korxona qurilishida erkaklar bilan tengma-teng mehnat qilganlar. Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu qurilish ishlari o始ta og始ir sharoitlarda, tabiat qiyinchiliklari va moddiy yetishmovchiliklar vaziyatida olib borilganligi manbalardan ma始lum. Tarixchi olim R. Nurulinning bergan ma始lumotlariga ko始ra, urush yillarida respublikamizda faoliyat olib borgan frontga harbiy aslahalar yetkazib bergan korxonalarning aksariyat ishchi-xizmatchilari ham xotin-qizlar va 14-16 yoshli bolalardan tashkil topgan. Ushbu muassasalarda ish qat始iy tartiblarda, qatttiq rejim asosida olib borilgan. 12 soatlik ish kuni, ochlik, sovuq, kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlarining yetishmasligi tufayli ularning mehnati yanada og始ir kechgan.
Bundan tashqari, O始zbekiston urush yillarida frontni qishloq xo始jalik mahsulotlari bilan ta始minlashda yetakchi o始rinlardan birida turgan. Qishloq xo始jaligida ayollarning og始ir mehnati ko始plab asarlarda o始z aksini topgan. Jumladan, sevimli adibimiz O`.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani nafaqat urushning xalqimizga yetkazgan moddiy va ma始naviy zarari badiiy talqinda yoritilganligi, balki xotin-qizlarning daladagi jasoratlari ko始rsatib berilganligi bilan bu davr tarixidan voqif bo始lishimizda katta ahamiyat kasb etadi.
O始zbekistonlik ayollarning urush yillaridagi eng katta xizmatlari O始zbekistonga evakuatsiya qilib keltirilgan oilalarga g始amxo始rlik qilish, ayniqsa bolalarni bag始riga olishda namoyon bo始ldi. M.Ubaydullayevning keltirgan ma始lumotlariga ko始ra, Shahrisabzdagi “Hujum” arteli ishchisi M. Tursunova ayollarga murojaat qilib: “O始zimning ikki farzandim bo始lganligi holda ko始chirib keltirilgan bolalardan tarbiyalashga olaman va sizlarni ham shunga chaqiraman”, – deydi. Uning da始vati javobsiz qolmay, ko始pgina ayollar bu tashabbusga qo始shiladilar va uy-joysiz, ota-onasiz qolgan bolalarni o始z qaramog始iga oladilar. Shu bilan birga, Qashqadaryoda bolalar uylari soni 22 taga yetganiga qaramay, viloyatning turli hududlarida jamoatchilik yo始llari bilan bolalar uylari tashkil etiladi.
Urush yillarida frontda va front orqasida o始zining san始ati bilan jangchilar va mehnatkash xalqqa ma始naviy dalda bergan o始zbek san始atkorlari – Tamaraxonim, Halima Nosirova, Gavhar Rahimova, Roza Karimova va boshqalarning, Zulfiyaxonim, Oydin Sobirova kabi shoira-adibalarining urushdagi g始alabaga qo始shgan hissasi esa alohida e始tibor va tahsinga loyiq.
Umuman, ikkinchi jahon urushi yillari barcha xalqlar vakillari qatori, o始zbek xalqining matonati sinovi bo始ldi. Bu sinovdan o始zbekistonlik xotin-qizlar ham sharaf bilan o始tdilar va tarixning barcha davrlarida bo始lgani kabi, dardu kulfatlarning balogardoni sifatida o始zlarini namoyon etdilar. Ularning vatan uchun qilgan xizmatlari yoshlarga hamisha, yana uzoq asrlar mobaynida o始rnak va namuna bo始lishiga shubha qilmaymiz.
袗nora Tog始aeva F袗 Tarix instituti ilmiy xodimi, t.f.n.