Oʼzbekiston va Hindiston oʼrtasidagi munosabatlar doʼstlik, ishonchli hamkorlik, ming yillik tarixiy-madaniy, maʼnaviy rishtalar orqali rivojlanib kelgan. Qadimdan ikki davlat ilm-fan taraqqiyoti va tinchlikka intilib, xalqlar birdamligi uchun hamkorlikka alohida eʼtibor qaratgan. Buyuk bobokalonlarimiz Hindiston xalqining tarixi bobida benazir asarlar yaratgani, oʼzbek va hind sanʼatlari milliy madaniyatlar va adabiyotlarimiz hamohang ekanligidan dalolat beradi.
2021-yil 1-aprel kuni OʼzR FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Hindistonning yozma merosi: Hind-Islom xattotligining yozma sanʼati” nomli koʼrgazma ochildi. Koʼrgazma Lal Baxadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi va Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Koʼrgazmada 100 dan ortiq Hirot sanʼat maktabi buyuk hattotlarining XV-XIX asrlarda Hindistonning turli hududlarida yaratilgan kufiy, nash, suls, nastaʼliq, shikasta, taʼliq yoʼnalishidagi hattotlik ishlaridan namunalar namoyish etilmoqda.
Ushbu yozuv namunalari, ayniqsa Qurʼon oyatlarining Nash va Suls xatida nafis yozilishida keng qoʼllanilgan. Hind yozuvlari orasida eng mashhurlari Shardf, Braxmi, Xaroshtiy va boshqalardir. Ushbu yozuvlarda epigraflar mavjud. Koʼpgina zamonaviy yozuvlar Braxmiydan olingan.
Koʼrgazma 20-aprelgacha davom etadi.