馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamkorlik aloqalari kengaymoqda


Toshkent botanika bog始iga M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog始i direktori V.V.Chub va ilmiy xodimlari tashrif buyurishdi hamda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog始i rahbariyati bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida Toshkent botanika bog始i direktori S.X. 袗bdinazarov mehmonlarni bog始 faoliyati bilan batafsil tanishtirdi, ular uchun Toshkent botanika bog始i ekspozitsiyalari va oranjereyasi bo始yicha ekskursiya tashkil etildi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog始i direktori o始z navbatida uchrashuv qatnashchilariga muassasaning ta始lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati to始g始risida ma始lumot berdi hamda Toshkent botanika bog始i kolleksiyasini to始ldirish uchun lolaning 11 ta yangi navlari ning piyozini taqdim etdi.

 

Uchrashuv yakuni bo始yicha Toshkent botanika bog始i va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog始i o始rtasida tabiiy florani, manzarali, dorivor va boshqa foydali o始simliklarni himoya qilish va takror yetishtirish, ilmiy-tadqiqot sohasida o始zaro tajriba almashish bo始yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ma始lumot o始rnida: O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog始i tomonidan o始simliklarni introduktsiya qilish, iqlimga moslash, biologik xilma-xillikni saqlash va jamoatchilikni tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga keng jalb qilish bo始yicha 20 dan ortiq, shu jumladan, Germaniya, 袗vstriya, Fransiya, 袗QSh Rossiya, Polsha Islandiya, Nedirlandiya, Shveytsariya, Ispaniya va boshqa davlatlarning botanika bog始lari bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muayan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent Botanika bog始i 2012-yildan Xalqaro Fanlar akademiyasi assotsiatsiyasi qoshidagi MDH Botinika bog始lari Kengashi a始zosi hisoblanadi.

Shuningdek, 2021-yilning may oyida Toshkent Botanika bog始i 118 ta davlatlardagi 800 ta botanika bog始lari bilan ish olib boruvchi hamda o始simliklarni saqlab qolish bo始yicha o始zaro hamkorligi dunyodagi eng katta tarmoqni tashkil etuvchi Xalqaro Botanika bog始larini himoya qilish (BGCI, London) tashkilotiga a始zolikka qabul qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!