Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Germaniyalik olimlar Xorazm Ma’mun akademiyada


Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan ko‘p yillar davomida Xiva Ichon-qal’a davlat muzey – qo‘riqxonasida arxitektura yodgorliklarini kompleks o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida me’moriy yodgorliklarning poydevorining tuzilishi, qurilmalarning umumiy xolatiga turli tabiiy omillarning ta’siri o‘rganilgan.

Ushbu tadqiqotlar qadimgi Xorazm tarixiga oid me’moriy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha yagona ish bo‘lmasdan, bugungi kunda Xorazm Ma’mun akademiyasining olimlari tomonidan Xazorasp tumanida joylashgan Xumbuztepa arxeologik ob’ektida ham qazish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida taxminan 2600-2700 yilgi tarixga ega bo‘lgan, O‘rta Osiyo xududidagi zardushtiylarning eng qadimgi ibodatxonasi topildi.

Ushbu ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishish, tajribalar bilan o‘rtoqlashish va tajriba almashish maqsadida joriy yilning 28-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Germaniya Federativ Respublikasi Bavariya Myunxen texnika universiteti, arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida akademiyaning “Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyida bo‘lib, akademiya olimlari bilan suhbat o‘tkazdilar, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishdilar.

 

Qizg‘in o‘tgan suhbat natijasida Myunxen texnika universiteti professori Xannelore Dyubzer va arxitektura bo‘yicha mutaxassis Rudolf Mariya Grathamkorlikda ishlarni tashkil qilish, olingan natijalarni tahlil qilishda zamonaviy usullaridan foydalanish va xamkorlikda maqolalar chop qilishga kelishib oldilar.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!