O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan SARS-Cov-2ning oqsil bo始lagining uch sohasi: pcDNA3. 1 (+) plazmidasiga qo始yilgan NTD, RBD va HR1-HR2 vaksinasini ishlab chiqildi. Markaz olimlarining mazkur vaksinasi Jahon sog始liqni saqlash tashkilotining nomzod vaktsinalar ro始yxatiga kiritildi. Hozirda vaksina klinik oldi sinovlaridan o始tmoqda.

JSSTning ma始lumotlar bazasi COVID-19ga qarshi vaksina-nomzodlari to始g始risida to始liq ma始lumotlarni yig始ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda — haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaksinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo始lib, nomzod-vaksinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaksinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi. Vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi to始g始risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaksinaning asosiy xususiyatlari to始g始risidagi ma始lumotlarni o始z ichiga oladi.
O始z navbatida mazkur platforma orqali COVID-19 qarshi yaratilayotgan vaksinalar turli kriteriylar, xususan, vaksina platformasi, vaksinatsiya grafigi, qo始llash usuli, ishlab chiqaruvchisi, sinov fazasi, klinik natijalar bo始yicha tasniflangan.
ma'lumot o'rnida: JSSTning 16-apreldagi ma始lumotlariga ko始ra, 88 ta vaksinaga klinik sinovlardan o始tishga ruxsat berilgan, 184 ta vaksina klinik oldi sinovlari bosqichida turibdi. 184 tadan 16 tasi DNK vaksinalardir.