Joriy yilning 11-mart kuni O始zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.袗bduxalimov IFEAC (Fransiyaning O始rta Osiyo tadqiqotlari instituti) bosh direktori 袗.Fov bilan uchrashdi. Uchrashuvda San始atshunoslik instituti direktori Sh.Pidayev, Tarix instituti direktor o始rinbosari Sh.Maxmudov, O始zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.Ismailovalar qatnashdilar.

Uchrashuv davomida IFEAC bilan O始zbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalarini tiklash va ikki tomonlama manfaatli Memorandum imzolash masalasi muhokama qilindi.
袗.Fov tomonidan IFEACning hozirgi kundagi faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va rejalashtirilayotgan tadbirlar to始g始risida ma始lumot berdi.
Ma始lumot o'rnida: Fransiya Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti (IFEAC) 1993-yilda tashkil etilgan bo始lib, Fransiya Tashqi ishlar vazirligining ma始muriy vakolati ostida ishlaydi va CNRS idorasi va tadqiqot bo始limi maqomiga ega. IFEACning asosiy vazifasi mintaqada arxeologiya va ijtimoiy va gumanitar sohaning barcha fan yo始nalishlari (tarix, sotsiologiya, etnologiya, antropologiya, iqtisod, geografiya va h.k.) bo始yicha ishlayotgan Fransiya va Markaziy Osiyodan kelgan tadqiqotchilarni qo始llab-quvvatlashdan iborat.