馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan radonometr o始lchov vositasi yaratildi


O始zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ishlab chiqilgan Radonometrga “O始ZST袗ND袗RT” agentligining sertifikati olindi. Bu Institutning mustaqillik yillaridagi tarixida milliy o始lchov vositasiga olingan ilk sertifikati bo始lganligi bilan quvonarlidir. Institutda ishlab chiqilgan Radonometr RR-4M o始lchash vositasi havo, suv hamda tuproqda radon gazlarining hajmiy faolligini o始lchashga mo始ljallangan. Bunday o始lchov vositasi sog始liqni saqlash, ekologiya, tog始-kon metallurgiya hamda radiatsion nazoratni baholash sohalarida keng qo始llaniladi.  

Institutda ishlab chiqilgan Radonometrning bitta nusxasi xo始jalik shartnomasi doirasida Navoiy kon metallurgiya kombinatiga (NKMK) yetkazib berilib, hozirda mamlakatimizning eng yirik korxonasida shaxta va boshqa obyektlarning radiatsion nazoratini amalga oshirishda muvaffaqiyatli qo始llanilmoqda. “O始ZST袗ND袗RT” agentligining sertifikati Institutga NKMK va boshqa korxonalarga yillik talabnomalar bo始yicha tijorat shartnomalari asosida Radonometrlarni ishlab chiqish va yetkazib berish imkoniyatini taqdim qildi. Ishlab chiqilgan milliy Radonometr ekspluatatsiyada oson bo始lib, Rossiya hamda xorijiy Radonometr analoglaridan kamida 5-6 barobar arzon va texnik xususiyatlari bo始yicha ulardan qolishmaydi.

Shu yil boshida Fizika-texnika instituti hamda Olmaliq kon metallurgiya kombinati o始rtasida institutda takomillashgan Radonometr materiallarda alfa hamda gamma nurlanishlarining kichik faolliklarini o始lchashga mo始ljallangan 袗lfametr va Gammametr o始lchov vositalarini ishlab chiqish bo始yicha xo始jalik shartnomasi imzolandi. Takomillashgan Radonometr, 袗lfametr hamda Gammametr kichik o始lchovli (kompakt) hamda onlayn rejimda ishlaydigan bo始lib, Kombinatga 2021-yil oxirigacha yetkazib beriladi.

Institutda o始lchov vositalarini ishlab chiqish bo始yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032 qaroriga muvofiq olib borilmoqda. Ushbu Prezident qarorida, jumladan, Fizika-texnika institutida ilm-fan ulushi ko始p bo始lgan mahsulot namunalarini tayyorlash, laboratoriya va tajriba sinovlarini o始tkazishga mo始ljallangan tajriba-eksperimental uchastkasini tashkillashtirish belgilangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!