Bugun, 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi Ilmiy kadrlar bo始limi bosh mutaxassisi Dilorom To始rayeva ishtirokida fizika fanini ilm-fan sohasining ustuvor yo始nalishi sifatida rivojlantirish bo始yicha ilmiy izlanishlar ko始lamini oshirish va jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun maqsadli kvotalar ajratish xususida brifing o始tkazildi.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida 2021-yilning may oyi holatiga faoliyat ko始rsatayotgan jami xodimlar 4966 nafar, ilmiy xodimlar - 2247, akademiklar 74, fan doktorlari 428 hamda fan nomzodi va falsafa doktorlari 797 nafarni tashkil qiladi.
Bugungi kunda tizimda mavjud 35 ta ilmiy muassasalardan 10 tasi fizika yo始nalishi bo始yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Bular, Yadro fizikasi, Fizika-texnika, Materialshunoslik, Ion-plazma va lazer texnologiyalari, 袗stronomiya, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi, Seysmologiya, Energetika muammolari institutlari, Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab-chiqarish ilmiy-texnik markazi va RT-70 rasadxonasidir.
Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlari bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda tizimdagi ilmiy tashkilotlarda oliy ta始limdan keyingi ta始lim bo始yicha 383 nafar tayanch doktorant, 55 nafar doktorant, 100 nafar stajer-tadqiqotchi hamda 125 nafar mustaqil-izlanuvchi tahsil olmoqda. Jumladan, tahsil olayotgan doktorantlarning 14%, stajer-tadqiqotchilarning 25% o始z ilmiy-tadqiqotlarini fizika yo始nalishi bo始yicha olib bormoqdalar.
2021-yilda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlariga 136 ta tayanch doktorant, 20 ta doktorant va 100 nafar stajer-tadqiqotchi tanlov asosida o始qishga qabul qilingan bo始lsa, doktoranturaga qabul qilinganlarning 20% hamda stajer-tadqiqotchilarning 29%ni fizika yo始nalishi bo始yicha o始qishga qabul qilinganlar tashkil etadi.
2020-yil yakunlari bo始yicha tayanch doktoranturani 111 nafar tayanch doktorant bitirgan, ulardan muddatida himoya qilganlar 53 ta, doktoranturani 13 ta doktorant bitirgan bo始lib, 6 nafari o始z doktorlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan. Bitiruvchilarga nisbatan samaradorlik tayanch doktorantlar uchun 48%, doktorantlar uchun esa 46% tashkil qiladi.
2020-yil yakuni bo始yicha Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlarda jami 127 ta doktorlik dissertatsiyalari, ulardan 99 ta PhD va 28 ta DSc ilmiy darajalari himoya qilingan bo始lsa, aynan fizika yo始nalishi bo始yicha 23 ta ilmiy ish himoya qilingan bo始lib, umumiy hisobdan 18% ni tashkil etadi.
Ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Fanlar akademiyasi tizimidagi doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati har yarim yilda O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta始limdan keyingi ta始lim to始g始risida Nizom”ga muvofiq monitoringdan o始tkaziladi.
“Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qaror ijrosini ta始minlash maqsadida 2022 yil uchun fizika yo始nalishidagi tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktorantura kvotalari soni qariyb 1,5 baravarga oshirilmoqda. Maqsadli doktoranturaga kvota ajratish orqali viloyatlardagi oliy ta始lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy darajali kadrlar yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 袗ndijon, Samarqand, Farg始ona va Qoraqalpoq davlat universitetlari bilan maqsadli doktorantlarni qabul qilish bo始yicha shartnomalar qabul qilingan.
Fizika fanini ilm-fan sohasining ustuvor yo始nalishi sifatida rivojlantirish bo始yicha ilmiy izlanishlar ko始lamini oshirish va jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida 30 nafar ilmiy xodimlarning hujjatlari Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etildi. Yosh olimlarning fizika yo始nalishidagi stajirovkalari asosan Rossiya Fanlar akademiyasining Mikroelektronika texnologiyalari muammolari va maxsus toza materiallar instituti, Belorussiya Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti, Yaponiyaning Ritsumeykan universiteti, Italiyaning Salerno Universiteti, Chexiyaning Silesian universiteti, Xitoyning Zejiang universiteti hamda Hindistonning universitetlararo 袗stronomiya va astrofizika markaziga rejalashtirilgan.
Xorijiy davlatlardagi stajirovkalar jarayonida yupqa qatlamli quyosh elementlari ustida tadqiqotlar o始tkazish, zamonaviy qurilmalarda mustaqil ishlash ko始nikmasiga ega bo始lish, ikkilik materiya-to始lqin solitonining gravitatsion maydon ta始siri ostida qaytaruvchi to始siqdagi sakrash dinamikasini analitik va sonli usullar yordamida o始rganish, neytron-aktivatsion tahlil va mass-spektrometriya usullarini uyg始unlashtirgan holda o始ta toza moddalardagi mikroaralashmalar miqdorini aniqlash uslublarini ishlab chiqish kabi vazifalar yosh olimlar tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda.