Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Fizika-2022” xalqaro forumi - ilmiy yuksalish poydevori


Namangan shahrida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Fargʼona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bagʼishlangan “Fizika - 2022” II Xalqaro Forumi oʼtkazildi.

  

Ushbu forumda respublikamiz hamda xorijiy davlatlarning akademiklar, professorlar, fizika fani boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondalari o’zlarining yangi tadqiqotlari, fizika sohasidagi izlanishlariga doir ma’ruzalar  bilan ishtirok etishdi. Ushbu forum ilmiy izlanishlar yo’lida hamkorlikning rivojiga ham asos bo’lib xizmat qiladi. Forum doirasida  Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga koʼra, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda oʼrganish va yana boshqa bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Forum doirasidagi asosiy tadbirlarda “Fargʼona vodiysida fizika ilm fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyatiga ilm-fan vakillarining eʼtiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!