馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fizik-elektronika bo始yicha 8-Xalqaro konferensiya o始tkazildi


2021-yil 23-24-sentyabr kunlari Toshkentda O始zR F袗 U.袗.袗rifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida xorijiy olimlar ishtirokida fizik-elektronika bo始yicha 8-Xalqaro konferensiya o始tkazildi. Unda respublikamiz va dunyoning turli mamlakatlaridan 200 yaqin soha mutaxassislari onlayn ishtirok etdi.

 

Konferensiyada fizik elektronika, lazer fizikasi, materiallarni olish va modifikatsiyalashning ion-dastali va plazmali texnologiyasi, quyosh energiyasi va elektronika uchun yangi texnologiyalar va materiallar, fotonikaning dolzarb muammolari, shuningdek, nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi masalalari ko始rib chiqildi.

Bundan tashqari, konferensiya ishida materiallarni olish va modifikatsiya qilish, strukturaviy va yarimo始tkazgichli materiallarni olish va qayta ishlash bo始yicha ion-dastali va plazmali texnologiyasining yangi yutuqlari, ikkilamchi emissiya va optik spektroskopiya usullari yordamida qattiq jismlar yuzasini o始rganish natijalari taqdim etildi va muhokama qilindi. Fizik elektronika sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va yangi materiallarni yaratish bo始yicha taqdimotlar o始tkazildi. O始zbekiston iqtisodiyotining muhim muammolaridan biri bo始lgan - quyosh energetikasi va elektronikasi uchun yangi materiallarni olish texnologiyalari bilan bog始liq mavzular bo始yicha ishlar taqdim etildi. Bu yo始nalishda yangi materiallar samaradorligini oshirishga ko始proq e始tibor qaratish va arzonroq texnologiyalar va materiallarni ishlab chiqish, shuningdek, organik quyosh batareyalarini olish bo始yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni kengaytirish kerakligi qayd etildi.

Konferensiya dasturi va ma始ruzalar tezislari to始plami chop etildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!