馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Farg始ona viloyatida Turkiston oq laylagiga oid kadastr ma始lumotlari to始plandi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti “Kamyob hayvonlar hisobi va kadastri” laboratoriyasi xodimlari Farg始ona viloyatida rejalashtirilgan kadastr tadqiqotlarini o始tkazdilar.

Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi - Ciconia ciconia asiatica – O始rta Osiyo kenja turi o始zining Yevropa kenja turidan kattaroq o始lchami bilan ajralib turadigan Turkiston oq laylagining - Farg始ona vodiysida uyalash hisobini olib borish.

袗yni bahor kunlari oq laylaklarda ko始payish mavsumi boshlangan. Qushlar ko始plab yillar mobaynida o始zlari foydalangan mavjud uyalarini ta始mirlashmoqda va yangilarini qurishmoqda.

Laylaklar - odamlar bilan noyob hayvonlarning nisbatan muvaffaqiyatli birga yashashining juda kam uchraydigan namunasidir: ular uyalarini faqat yovvoyi tabiatda emas, balki antropogen landshaftlarda - elektr uzatish tarmoqlarida, suv minoralarida ham qurishni afzal ko始rishadi, hamda ular sayoz suvlarda, Farg始ona viloyatidagi katta hajmdagi inson tomonidan bunyod etilgan; sholi dalalarida, baliqchilik suv havzalarida, sug始orish kanallarida ozuqa izlab topishadi.

Dastlabki ma始lumotlarga ko始ra, so始nggi 5 yil mobaynida Farg始ona vodiysida ushbu qushlarning soni ko始payib bormoqda.

Shuningdek, Yozyovon qumli massivi hududida ikki galada oziqlanadigan 1000 dan ortiq qushlarni sanoqdan o始tkazildi. “Farg始ona ovchilik va baliqchilik jamiyati” qo始riqchilarining ma始lumotlariga ko始ra, qushlar bu hududda har yili sentyabrdan may oyining o始rtalariga qadar kuzatilib, ularning soni 1500 dan 2000 gachani tashkil etadi. 2020-yil sentyabr oyi boshida Farg始ona viloyatining Beshariq tumani Sariqamish ko始li atrofida 400 ga yaqin qushlarning mavsumiy galasini qayd etilgan. Ushbu qisqa ekspeditsiya davomida mintaqada 200 dan ortiq oq laylak uyalari ham topildi. Shuni ta始kidlash kerakki, ushbu noyob tipdagi turning dunyodagi populyatsiyasining katta qismi O始zbekistonda uyalaydi va ularning 95 foizi Farg始ona vodiysi hududiga to始g始ri keladi.

Oq laylak 51 turdagi boshqa qushlar bilan bir qatorda (mamlakatimizda qushlarning 450 dan ortiq turlari mavjud) O始zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!