馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiyaning Pamukqal始a universiteti o始rtasida kelishuv bitimi imzolandi


O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori 袗zamat Ziyo va Turkiyaning Pamukqal始a universiteti rektori 袗hmed Qutlug始xon o始rtasida uchrashuv bo始lib o始tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon o始rtasida ilmiy aloqalarni yo始lga qo始yish va kuchaytirish, qo始shma ilmiy loyihalar tayyorlash va amalga oshirish, o始zbek-turk xalqlari tarixini o始rganish masalalari, birgalikda ilmiy yig始inlar tashkil etish muhokama qilindi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda tarix fani oldida turgan vazifalardan kelib chiqib, ularning yechimlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash masalasi ekanligiga urg始u berildi. Bunda ikki tomonlama mutaxassislar va yoshlar almashinuvi dasturini amalga oshirish dolzarb ekanligi ta始kidlandi.

Bundan tashqari, yosh tarixchi olimlar o始qishlari muddati va mavzular ko始lamini kengaytirish, Institut yoshlarining til bilish darajasini yaxshilash maqsadida turkiyalik mutaxassislarni jalb etishga kelishildi.

Uchrashuv so始nggida Tarix instituti va Turkiyaning Pamukqal始a universiteti o始rtasida kelishuv bitimi imzolandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!