馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi prezidenti bilan ochiq muloqot


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev FA Navoiy bo始limiga tashrif buyurib, Bo始lim rahbariyati, ilmiy xodimlari, doktorantlari va stajyor-tadqiqotchilari bilan davra suhbati o始tkazdi.

Uchrashuvda B.S.Yuldashev so始nggi yillarda O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikada ilm-fan va ta始lim sohasida yuz berayotgan o始zgarishlar, olimlar va o始qituvchilarga, hususan, ularni moddiy rag始batlantirishga, samarali faoliyat olib borish uchun shart sharoitlarni yaxshilashga va jamoatchilik o始rtasida nufuzini oshirishga yo始naltirilgan sa始y-harakatlar to始g始risida to始xtalib o始tdilar.

 

 

 

Shuningdek, ilm-fanga o始zini bag始ishlashga qaror qilgan yoshlar oldida barcha eshiklar ochilganini, faqat mamlakat taraqqiyotiga o始z hissasini qo始shish istagini bildirish zarurligini ta始kidladilar. Misol uchun, ularga maxsus tashkil etilgan jamg始arma mablag始lari hisobidan nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o始quv yurtlarida stajirovkalar tashkil etilmoqda, doktorantlar va stajyor-tadqiqotchilarga esa munosib stipendiya berib borilmoqda.

F袗 prezidenti to始rt yildan kamroq vaqt ichida Bo始limda bajarilgan ilmiy ishlarni ijobiy tomonlari bilan bir qatorda tanqidiy baholab, e始tibor berish kerak bo始lgan bir qator masalalar borligini ta始kidladilar. Ular orasida O始zbekistonning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni yo始lga qo始yish va ularning laboratoriyalarida eksperimentlar o始tkazish, olingan natijalarni Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda maqolalar nashr etish, ixtiro va foydali modellarga patent olish uchun talabnoma berish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, grant loyihalarini rasmiylashtirish aytib o始tildi. Bundan tashqari, B.S.Yuldashev F袗 Navoiy bo始limi fan, ta始lim va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish uchun tegishli ravishda hududdagi yirik sanoat korxonalarining, birinchi navbatda, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnik, texnologik va ekologik muammolarini hal etish uchun Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilganini alohida ta始kidlab, shu masalaga e始tiborni kuchaytirish kerakligini, shuningdek, oliy o始quv yurtlarining talabalari va magistrlari bilan ishlashni jadallashtirish kerakligini ta始kidlab o始tdilar.

Shu bilan birga, B.S.Yuldashev tadbir ishtirokchilarning har biri bilan alohida suhbatlashdilar, ularning ilmiy ishlari haqidagi qisqacha hisobotini tingladilar, kelgusida ilmiy faoliyatni samaradorligini oshirishga yo始naltirilgan qimmatli tavsiyalar berdilar. Misol uchun, Qoraqolpog始iston Respublikasida Orol bo始yi hududlarini ko始kalamzorlashtirish loyihasini amalga oshirishga hissa qo始shish maqsadida saksovul ekishda Bo始lim olimlari tomonidan ishlab chiqilgan usulni qo始llash, ya始ni, saksovul urug始ini bentonit gillari kukuni bilan ekishdan oldin qobiqlashni va Navoiy bo始limi tomonidan Nurota tumanida amalga oshirilayotgan “Innovatsion pedagogikadan moderatorlarni tayyorlash” loyihasini butun viloyat va respublikaga targ始ib qilishni tavsiya qildilar. Bundan tashqari, ijtimoiy sohani e始tiborsiz qoldirmaslik, buning uchun ushbu yo始nalishda fundamental loyihalarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta始kidladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!