Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari Orol dengizi qurigan tubi yaylovlari xaritasi uchun patent oldi


OʻzR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasi xodimlarining  “Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻsimliklar qoplami va yaylov resurslarining zamonaviy holatini baholash” mavzusidagi davlat dasturi va boshqa loyihalar doirasida tadqiqot hududiga oʻtkazilgan oʻnlab ekspeditsiyalar, uzoq yillik dala tadqiqotlari, samarali ilmiy izlanishlari asosida B.A. Adilov, X.F. Shomurodov, F.I. Polvonovlar muallifligida “Orol dengizi qurigan tubi yaylovlari xaritasi” sanoat namunasiga patent olindi.

Sanoat namunasi oʻzida Orol dengizi qurigan tubida turgʻun shakllangan va shakllanayotgan yaylovlarning holatini aks ettiradi. Bunda, hudud landshaftlari interferentsiyasini hisobga olgan holda 7 sinf, 12 guruh, 18 tip va 81 ta yaylov xillarini oʻz ichiga olgan yaylovlarning tasnifi ishlab chiqildi; Orol dengizi qurigan tubida shakllangan yaylovlar, ularning tasnifi va tarqalish maydonlari, mavsumiy hosildorligi, maydonlarining shoʻrlanish darajalari, landshaft elemetlari kabi atribut maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan geografik-axborot tizimida ishlab chiqilgan maʼlumotlar bazasi yaratildi; Orol dengizi qurigan tubining 3.2 mln. gektar hududida tarqalgan yaylovlar raqamlashtirildi va 94 ta xarita birliklaridan iborat boʻlgan elektron-raqamli “Orol dengizi qurigan tubining yaylovlari xaritasi” yaratildi.

Elektron-raqamli xarita va uning elektron-raqamli geoaxborot maʼlumotlaridan yashil qoplamalar hosil qilish samaradorligini oshirish, saksavulzorlar ekilishi uchun mos tuproq shoʻrlanish darajalari boʻyicha maʼlumotlar olish, Moʻynoq tumanida chorvachilik ozuqa bazasidan foydalanish tizimini joriy etish, chorva mahsulotlari hisobiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur sanoat namunasidan biologiya, oʻrmonchilik, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tuproqshunoslik sohalari boʻyicha ilmiy tadqiqotchilar, oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilari va talabalari foydalanishi mumkin.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!