Bugun, 23-may kuni FA umumiy yig’ilishida Fanlar akademiyasi birinchi vitse-prezidenti - bosh ilmiy kotibi lavozimiga akademik Shomansur Sagdullayev saylandi.
Shuningdek, yig’ilishda Fanlar akademiyasining yangilangan Ustavi ham ma’qullandi.
Ma’lumot o’rnida:
Akademik Sh.Sagdullayev O始simliklardan dorivor moddalar olish texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish sohasida yirik texnolog-olim.
Olimning ilmiy faoliyati dorivor o始simliklardagi alkaloidlar, izoprenoidlar kabi biologik faollikka ega bir qator gidrofil va lipofil xususiyatli moddalarni ekstraktsiyalash hamda fraktsiyalash, o始simlik hom ashyosini kompleks qayta ishlashning texnologik sxemalarini yaratish, mavjud texnologiyalarni takomillashtirish kabi maqsadlarga yo始naltirilgan tadqiqotlardan tashkil topgan.
Uning rahbarligida 袗llapinin dori vositasini ishlatish uchun Rossiya patenti olingan va “袗llapinin” tovar belgisi Rossiya Federatsiyasida qayd etilgan, ushbu dori bilan Respublika ehtiyojini qondirishdan tashqari uni Rossiyaga eksport qilish yo始lga qo始yilgan.
U 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 57 ta patent, 20 ta texnologik, tajriba-texnologik, sanoat miqyosidagi reglamentlar, 35 dan ortiq farmakopeya va vaqtinchalik farmakopeyalar muallifi.
Uning rahbarligida 15 dan ortiq PhD va fan doktorlari tayyorlangan.
Uning tashabbusi bilan O始zbekiston Respublikasida birinchi marta o始simliklardan biologik faol moddalar ajratib olishning yangi usuli-superkritik va ul褜tratovush yordamida ekstraktsiya qilishning zamonaviy, yuqori samarador texnologiyalari joriy etildi, yangi texnologik sxemalar asosida tibbiyot amaliyotiga 20 dan ortiq dorivor fitopreparatlar, biologik faol qo始shimchalar tadbiq etildi.
“Shuhrat” medali, O始zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasida davlat mukofoti, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “O始zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.