袗ziz yurtdoshlar! Qariyb bir oydan oshdi, yurtimizga xavfli koronavirus deb ataluvchi virus kirib keldi. Koronavirus tufayli har birimiz uchun sinovli kunlar boshlandi. Ushbu yuqumli epidemiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish uchun mamlakatimizda karantin e始lon qilindi. Karantin paytida butun oila a始zolarimiz bilan uyda qolishimiz va biz kattalar yoshlarga, farzandlarimizga va nabiralarimizga o始rnak bo始lishimiz kerak. Ularga ushbu karantin xalqimizning, shu bilan birga har birimizning tinchligimiz va xotirjamligimiz uchun hamda sihat-salomatligimiz uchunligini, shu bilan birga hech qanday qo始rqishga, vahimaga hojat yo始qligini uqtirishimiz kerak. Biz ham oila a’zolarimiz bilan karantinning hamma tartib-qoidalariga to始la amal qilgan holda uyda o始tiribmiz.
Men O始zR F袗 Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida laboratoriya mudiri lavozimida ishlayman. Men ilmiy ishlarim bilan uyda shug始ullanyapman va masofadan ishlamoqdaman.
Hurmatli vatandoshlar, sabr tagi sariq oltin deyishadi. Kelinglar, hammamiz karantin tartib-qoidalariga amal qilib, uyda qolaylik va koronavirus deb atalmish ushbu baloni yengishda dunyo xalqlariga o始rnak bo始laylik. Shunday ekan, uyda qoling!
Muhammadali O始sarov,
O始zR F袗 Mexanika va inshootlar
seysmik mustahkamligi instituti.