Аziz yurtdoshlar! Qariyb bir oydan oshdi, yurtimizga xavfli koronavirus deb ataluvchi virus kirib keldi. Koronavirus tufayli har birimiz uchun sinovli kunlar boshlandi. Ushbu yuqumli epidemiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish uchun mamlakatimizda karantin eʼlon qilindi. Karantin paytida butun oila aʼzolarimiz bilan uyda qolishimiz va biz kattalar yoshlarga, farzandlarimizga va nabiralarimizga oʼrnak boʼlishimiz kerak. Ularga ushbu karantin xalqimizning, shu bilan birga har birimizning tinchligimiz va xotirjamligimiz uchun hamda sihat-salomatligimiz uchunligini, shu bilan birga hech qanday qoʼrqishga, vahimaga hojat yoʼqligini uqtirishimiz kerak. Biz ham oila a’zolarimiz bilan karantinning hamma tartib-qoidalariga toʼla amal qilgan holda uyda oʼtiribmiz.
Men OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida laboratoriya mudiri lavozimida ishlayman. Men ilmiy ishlarim bilan uyda shugʼullanyapman va masofadan ishlamoqdaman.
Hurmatli vatandoshlar, sabr tagi sariq oltin deyishadi. Kelinglar, hammamiz karantin tartib-qoidalariga amal qilib, uyda qolaylik va koronavirus deb atalmish ushbu baloni yengishda dunyo xalqlariga oʼrnak boʼlaylik. Shunday ekan, uyda qoling!
Muhammadali Oʼsarov,
OʼzR FА Mexanika va inshootlar
seysmik mustahkamligi instituti.