O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti “Kamyob hayvonlar hisobi va kadastri” laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan “Kamyob va yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan hayvon turlarining kadastrini yuritishning ilmiy asoslarini yaratish (Farg始ona vodiysi misolida)” davlat dasturi, WWF (World Wide Fund for Nature) va CEPF (Critical Ecosystem Partnership Fund) fondlari tomonidan qo始llab quvvatlangan “Farg始ona vodiysi hududida asosiy tabiiy komplekslarni saqlash” loyihalari amalga oshirilmoqda. Farg始ona vodiysida yashovchi kamyob va endemik sudralib yuruvchilarning terisidan olingan namunalar ustida olib borilgan genetik tadqiqot natijalariga ko始ra dunyo faunasi uchun ilk marotaba Alsophylax sp. gekkoni aniqlandi.
Ajablanarlisi shundaki, Farg始ona vodiysida ko始plab zoologik tadqiqotlar o始tkazilganiga qaramay, bu tur endigina kashf etildi. Bu, ehtimol ushbu turning maxsus biologiyasi va ekologiyasi bilan bog始liq. Ushbu tur Alsophylax urug始ining boshqa turlari singari kichik o始lchamga ega bo始lib, voyaga yetganlarining kattaligi boshi bilan o始rtacha 3 - 3,5 santimetrni tashkil qiladi. Bu tur faqat tungi faol bo始lib, xavf tug始ilganda tuproqning yoriqlari va notekis joylariga yashirinadi. Shuningdek, bu tur akustik signallar yordamida muloqot qiladi.
Aytish joizki, bu tur hozirgacha faqat O始zbekiston hududida topilgan.

Fotosurat muallifi Timur 袗bduraupov
Ayni paytda namunalar olingan barcha hayvonlarning DNK namunalari ajratilgan va DNK sekvensiyasi yakunlanishi kutilmoqda. Biroq, ba始zi namunalar, ya始ni biz tomonimizdan ushbu hududida ilk marotaba aniqlangan gekkon allaqachon to始liq shifrlangan va hatto filogenetik daraxtga aylantirilgan, bu esa ushbu turning jahon fani uchun mutlaqo yangi tur ekanligini ko始rsatadi. Mazkur yangi turga genetik jihatdan eng yaqin turlar mos ravishda mamlakatning shimoli-g始arbiy va janubi-g始arbiy qismida yashovchi chiyildoq gekkoncha (Alsophylax pipiens) va silliq gekkoncha (Alsophylax laevis) hisoblanadi.