Oxirgi 10-15 yillarda Orol bo始yi ko始pgina suv havzalarida tuzlarning kontsentratsiyasi 100 g/l ni tashkil etmoqda va ularda Dunaliella salina suvo始tlari paydo bo始lmoqda. Ushbu Dunaliella suvo始tlari karotin (biomassaning 10%), lipidlar (biomassaning 10%) va glitserin (biomassaning 30%) tutishi sababli 袗vstraliya, 袗QSh, Hindiston, Xitoy, Isroil va boshqa ko始pgina davlatlarda o始stirilmoqda.
O始zR F袗 Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan “O始zbekiston sharoitlarida suvo始tlarni o始stirish texnologiyalarini yaratish va uning asosida biologik faol moddalar olish” loyihasi doirasida Orol bo始yi suv havzalaridan Dunaliella salina AR-1 shtammi ajratib olindi. Ushbu shtammning o始ta to始yingan sho始rlangan sharoitlarda faol funksiyalanishi ko始rsatildi. Ilgari tavsiflangan Dunaliella salina shtammlari kabi, ushbu kultura biologik faol moddalarning (karotinoidlar, ksantofil, vitaminlar, turli omega-3 va 9 yog始 kislotalari) deyarli barchasini o始zida tutadi va rak kasalligiga qarshi, antidiabetik, antineyrodegenerativ, antimikrob xususiyatlariga egadir.

Dunalielladan tijoratbop mahsulotlar, ya始ni oziq-ovqat sanoati uchun, yem ishlab chiqarishda biologik faol qo始shimchalar (BFQ) olish uchun miniplantatsiya qurish va Orol bo始yi sharoitlarida Dunaliella salina AR-1 sanoat darajasida o始stirish texnologiyasini takomillashtirish zarurdir.