Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizm koronavirus tufayli nafas olish o‘zgarishiga moslаshadi va odam o‘zini yomon his qilgan paytda uning ahvoli og‘irlashadi (o‘pka shikastlanishining 50% dan ortig‘i). Oldindan tashxis qo‘yish va erta davolanish koronavirusdan o‘lim darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ammo koronavirusning kuchli virulentligi tibbiyot xodimlariga yukni ko‘paytiradi, malakali kadrlar va shifoxonalarda yotoqlarning yetishmasligini keltirib chiqaradi. 2020 yil mart-iyun oylari uchun bemorlarning ma’lumotlarini tahlil qilish asosida O‘zR FA Matematika instituti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi koronavirusning og‘ir kechishini bashorat qilishga qodir bo‘lgan COVID-19 bilan kasallanganlarni boshqarish tizimini ishlab chiqdilar. http://185.74.5.185/main.html
So‘rovnoma tez yordam va klinika shifokorlar tomonidan to‘ldirilishi uchun yetarlicha sodda. Olingan prognoz asosida bemorni kasalxonada davolash kerak degan xulosaga kelishi mumkin.
Barcha xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni shifoxonalarda davolash orqali koronavirus va shu bilan bog‘liq asoratlardan o‘limni kamaytirish mumkin. Shunda yengil kasal bo‘lgan bemorlarni shifoxonaga yotqizmaslik, shifoxonalardagi yukni kamaytirish va haqiqatan ham bunday yordamga muhtoj bemorlar uchun yuqori malakali shifokorlarning zichligini oshirish mumkin.
Respublika shifoxonalarida o‘tkazilgan sinovlar davomida dasturning ishonchliligi tasdiqlandi, Intellektual mulk agentligi ushbu dasturiy mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazdi, butun respublika bo‘ylab umumiy amaliyot shifokorlari va tez yordam mashinalariga yordam berish uchun keyingi sinov ishlari rejalashtirilgan.