Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 582 yilligi hamda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan “Ajdodlar merosi mangu barhayot” tadbir va ko‘rgazma haqida


Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolarimizdan Alisher Navoiy,  Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Ularning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega.

“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023 yildagi PQ-20-son qaroriga muvofiq mustaqillik davrida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ularnung tug‘ilgan kunlari har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navoiyshunoslik va Boburshunoslik sohasida ko‘plab tadqiqotlar, respublika va xalqaro miqiyosda ilmiy anjumanlar muntazam o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali “Toshkent muzeyi”da  buyuk shoh va shoir, qalb va so‘zni birlashtira olgan Zahiriddin Muhammad Bobur, so‘z mulkining sultoni, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir va ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan miniatyura asarlari buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arboblari faoliyatiga bog‘liq. Bu asarlar rassom Xojimetov Bahodir va Xojimetov Behzod qalamiga mansub bo‘lib Alisher Navoiy va Boburning ijodi va faoliyatlariga bag‘ishlangan. Tadbirda soʻz olganlar shoirning oʻz xalqi va millati uchun fidoyi inson boʻlganligi, millat taraqqiyoti va jamiyat obodligi yoʻlidagi faoliyati biz uchun ibrat maktabi ekanligi toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtishdi. Tadbirda  T.N.Qori Niyoziy nomidagi  O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instisuti doktorantlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi  a’zolari va Shayxontohur tumani “Kamalak”  bolalar tashkilotisardorlarining ma’ruzalari,  Shayxontohur tumani 84 – umum o‘rta ta’lim davlat  maktabi o’quvchilari, Shayxontohur tumani 83 – umum o‘rta ta’lim davlat  maktabi o‘quvchilari, 17-sonli musiqa maktabining cholg‘u ansambli, Chilonzor tumani 201 – sonli  umum o‘rta ta’lim davlat  maktabi o‘quvchilarining madaniy-ma’rifiy chiqishlari namoyish etiladi. Tadbir ishtirokchi va tamoshabinlarini muzey xodimlari Toshkent muzeyi va Adiblar hiyoboni bo‘ylab tanishtiradilar.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!