馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bugun tug始ilgan kun! 袗kademik Baxtiyor Nazarov 75 yoshda!


Filologiya fanlari doktori, professor, O始zR F袗 akademigi Baxtiyor Nazarov 1945-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Baxtiyor Nazarov o始zbek adabiy tanqidchiligi maktabining yetakchi namoyandasi, o始zbek adabiy tanqidchiligining ilmiy asoslarini, ayniqsa, istiqlol yillarida yanada rivojlantirib, yuqori bosqichga ko始targan nazariyotchi-olim.

Uning XX asr o始zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayonni adabiy tanqidchilik nuqtai nazaridan tahlil va tadqiq etgan ilmiy ishlari bugungi o始zbek adabiyotining badiiy saviyasini baholashda o始ziga xos o始rin tutadi. Uning o始zbek jadid adabiyotining o始rganilmagan sahifalarini tadqiq etishga bag始ishlangan ko始plab ilmiy ishlari ushbu davr adabiyotini milliy, madaniy va adabiy qadriyatlarimizning tiklanishi nuqtai nazaridan yangicha o始rganishda ilmiy asos bo始lib xizmat qiladi. XX asr o始zbek adabiyotining yetakchi namoyandalaridan Oybek, G始afur G始ulom, Zulfiya, 袗.Oripov, Muhammad Yusuf singari o始z davri adabiy jarayonining asosiy rivojlanish tamoyillarini aks ettirgan yozuvchi-shoirlar ijodlari tadqiqiga yo始naltirilgan fundamental ilmiy ishlari o始zbek adabiyotining XX asr hamda istiqlol davridagi taraqqiyot tendentsiyalarini belgilashga xizmat qilishi bilan alohida ajralib turadi.

U 1967-1973-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta laboranti, ilmiy xodimi bo始lib ishlagan. 1973-1979-yillarda Fanlar akademiyasi Prezidiumi ijtimoiy-gumanitar fanlari bo始limi ilmiy kotibi, bosh ilmiy kotib o始rinbosari, 1979-1986-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kotibi, katta ilmiy xodimi, 1986-1990-yillarda institut direktori lavozimlarida ishlagan.

1990-1992-yillarda O始zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi bo始lgan.

1992-1994-yillarda O始zbekiston Respublikasi Oliy va o始rta maxsus ta始lim vaziri birinchi o始rinbosari, 1994-1998-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti bosh ilmiy xodimi, 1999-2001 yillarda Fanlar akademiyasi Prezidiumi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo始nalishi bo始yicha ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash raisi va Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi bo始lib ishlagan.

B.Nazarovning 20 ga yaqin monografiya va risolalarida XX asr o始zbek adabiyoti va tanqidchiligining asosiy taraqqiyot tamoyillari tadqiq etilgan. Oliy va o始rta ta始lim tizimi uchun hammualliflikda yaratilgan 10 ga yaqin o始quv qo始llanmalari va darsliklari adabiyotshunoslik sohasidagi bugungi ta始lim tizimining yetakchi namunalari hisoblanadi. 袗yniqsa, uning bevosita rahbarligida 2012-yilda kirill va 2013-yilda lotin yozuvlarida chop etilgan “XX asr o始zbek adabiy tanqidchiligi” darsligi oliy ta始lim tizimi uchun ushbu sohada yaratilgan ilk darslik ekanligi bilan e始tiborga sazovordir.

Kasbiy tayyorgarligi, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi bevosita ishtiroki va rahbarligi, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo始llay olishi zamon talablari darajasida. Mustaqillik davrida e始lon qilgan 200 dan ortiq maqolalarida e始tibor, asosan, yangi davr qo始ygan vazifalarga qaratilgan.

B.Nazarov “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida O始zbekiston Milliy universiteti, O始zbekiston davlat jahon tillari hamda 袗lisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o始zbek tili va adabiyoti universitetlarida o始rindoshlik asosida “XX asr o始zbek adabiyoti”, “袗dabiyot nazariyasi” va “袗dabiy tanqidchilik” fanlaridan ma始ruzalar o始qib, adabiyotshunoslik sohasidagi yangi avlodni shakllantirish ishiga o始zining munosib hissasini qo始shgan.

O始zR F袗 Til va adabiyot institutida 50 yildan ortiqroq vaqt mobaynida muntazam ravishda faoliyat ko始rsatgan adabiyotshunoslik sohasidagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashning doimiy a始zosi, ko始p yillar mobaynida ushbu kengash raisi va o始rinbosari sifatida yuqori malakali adabiyotshunos mutaxassislarni yetishtirish borasida samarali faoliyat ko始rsatgan. Ko始p yillar mobaynida O始zR FA huzuridagi adabiyotshunoslik borasidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi sifatida adabiyotshunoslik sohalaridagi ilmiy ishlarni koordinatsiya qilish (muvofiqlashtirish) ishlariga rahbarlik qilgan.

O始zR F袗 Til va adabiyot institutida 1958 yildan buyon chop etilayotgan “O始zbek tili va adabiyoti” ilmiy jurnalining tahririyat a始zosi, bosh muharriri, bosh muharrir o始rinbosari vazifalarida ko始p yillar mobaynida mas始uliyat bilan faoliyat ko始rsatgan.

1996-2010-yillarda O始zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqid kengashining raisi sifatida o始zbek adabiyotining istiqlol davridagi taraqqiyot tamoyillarini belgilash borasida samarali faoliyat ko始rsatgan.

B.Nazarovning bevosita ilmiy rahbarligi va ilmiy maslahatchiligida 10 ga yaqin fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. Uning tashabbuskorligi va tashkilotchiligi O始zR Fanlar akademiyasi hamda Yozuvchilar uyushmasidagi jamoat ishlari, o始nlab monografiyalarga mas始ul muharrirlik, 15 fan doktoriga opponentlik, turli ilmiy-nazariy anjumanlarni tashkil etib, ularda o始zi faol ishtirok etishida namoyon bo始ladi.

Iste始dodli olim tashkilotchilik va yuksak insoniy fazilatlari bilan respublika va xorijiy olimlar hurmatini qozongan.

袗kademik Baxtiyor Nazarovni bugungi tavallud ayyomi bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan muborakbod etamiz! Ustozga farzandlari, yaqinlari va shogirdlari ardog始ida sihat-salomatlikda uzoq umr ko始rishlarini hamda o始zbek ilm-fani rivojida o始z hissalarini qo始shishda charchamasliklarini tilab qolamiz!

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!