Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Botanika institutining 80 yilligiga bagʻishlangan ocherk va maqola chop etildi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining 80 yilligiga bagʻishlab ocherk chop etildi. Shuningdek ushbu institut dunyo olimlarining doimiy diqqat markazida boʻlganligi sababli, shu mavzuda maqola tayyorlanib Scopus bazasida mavjud nufuzli Turczaninowia jurnalida nashr etildi. Maqola Botanika institutining 80 yilligi va uning asoschilari va rahbarlaridan biri, atoqli botanik, akademik Yevgeniy Petrovich Korovinning 130 yilligiga bagʻishlangan.

Ocherkda Oʻzbekistondagi botanik tadqiqotlarning qisqacha tarixi, Botanika instituti tashkil etilishi tarixi, institut rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshgan olimlar, institutning asosiy shakllanish bosqichlari va tadqiqotlar olib borilgan hamda yangi tashkil etilgan yoʻnalishlari, dunyodagi nufuzli institutlar bilan hamkorligi, chop etilgan eng muhim publikatsiyalar haqida yoritilgan.

Mazkur ocherk va maqola botanik olimlarga, biologiya fakulteti oʻqituvchi va talabalariga, shuningdek, atrof-muhit muhofazasi va biologik xilma-xillik muammolari bilan shugʻullanuvchilarga moʻljallangan.

Maqolaga o'tish


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!