Hindistonda 332 yil hukmronlik qilgan Boburiylar sulolasi bu yurt hayotining barcha jabhalarida o始zining boy merosini qoldirgan. Dehlidagi Qizil qal始a va Jome始 masjidi, 袗gradagi Tojmahal, Fotihpur, Sekridagi Panch Mahal ana shunday buyuk meros namunalaridir. Islom arxitekturasining eng yorqin namunalaridan biri sanaluvchi Tojmahal maqbarasi XVII asrda 袗gra Shahridagi Jamna daryosining sahlida barpo etilgan. Toj mahal, shunday bir joyga o始rnatilganki, u shaharning barcha nuqtalaridan ko始rinib turadi.

Shoh Jahon 2000 xil turli loyihalarni ko始rib chiqib, Tojmahalning bugungi ko始rinishi ana o始sha loyihalar ichidan tanlangan bir san始at asaridir. Obidaning turli xil rangdagi qimmatli tosh va marmarlari asosan Hindistonning farqli havzalaridan, Chin, Shri Lanka, 袗rab o始lkalari, Tibet va 袗fg始onistondan keltirilgandir. Tojmahalning yuz minglarcha chiroyli toshlar, sadaf va feruza bilan bezalgan deorlarida, yana alohida 42 dona zumrad, 142 dona yoqut, 625 dona pirlanda va 50 dona kata-katta inju joylashtirilgandir. Sharq va g始arbning shoiru yozuvchilariga ilhom manbasi bo始lgan Tojmahal, oydin kechalarda ham oydan ham yarqinroq ko始rinadi.
Shox Jahon o始z rafiqasi Mumtoz Mahal Begim xotirasiga bo始lgan muhabbatini, tasallini san始at va me始morchilikda ko始radi. Butun dunyoga muhabbat ramzi o始laroq tanilgan majmua quyoshli kunda oppoq tusga kirsa, ufq nurlari ostida qip-qizil bo始ladi, tunda esa oyning kumush shu始lasini aks ettiradi.
1983-yili YuNESKO binoni Jahon madaniy merosi ro始yxatiga kiritdi, 2007-yil Tojmahal dunyoning yangi 7 mo`jizasidan biri sifatida e始tirof etildi. Boburiylar saltanati hamda dunyo me始morchiligining eng go始zal namunalaridan hisoblanmish obida haqida qiziqarli ma始lumotlar:
• Yodgorlikning to始rt peshtoq qismiga Hattot Sardor 袗fandi tarafidan Yosin surasi to始la yozilgan.
• Mumtoz Mahal va Shoh Jahonning sandiqlari turgan joydagi kubba, inson og始izidan chiqqan har ovozning juda xush eshitiladigan aks sadosini yetti marta takrorlaydigan bir akustikaga egadir.
• Maqbara fasadida 袗llohning 99 ismini o始qish mumkin.
• Tojmahal ichida tovush 28 soniyada yo始q bo始ladi. Bino qurilayotgan mahal o始qilgan duolar havoda bir muddat “osilib turishi” va shu orqali o始ziga xos muhit paydo bo始lishi e始tiborga olingan.
• Ushbu maqbarining bog始i 9 gektar maydonni egallagan. Tojmahal majmuasi egallagan maydon 24 ta futbol maydoniga teng.
• Tojmahalning bosh gumbaziga o始rnatilgan yarim oyli oltin fleronning bo始yi 4,6 metr edi. XIX asrda u bronzadan yasalgan nusxasiga almashtirilgan.
• Turk-Islom me始morchiligining ahamiyatli qurilishlari orasida ko始rganlarni xushdan ketar darajada hayron qoldiradigan yodgorlik asari oq marmar bilan qoplagan devorlariga qadimiy naqshlar ishlangan bo始lib, buning uchun aqiq, sadaf, qahrabo, zumrad kabi 28 xildagi qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar ishlatilgan.
• Har yili dunyoning turli nuqtalaridan 3-5 millionga sayyoh Toj Mahalni ko始rgani keladi.
D. 袗zizova, O始zR F袗 Temuriylar tarixi davlat muzeyi
“Ekskursiyalar” bo始limi mudiri.