Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Bakteritsid kiyimlar ishlab chiqarishda qo‘llash uchun eritma olish texnologiyasi ishlab chiqildi


Hozirgi vaqtda jahon to'qimachilik sanoatida turli xil kiyimlar, shu jumladan, yoqimsiz hidlarning oldini oladigan paypoqlar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu paypoqlar bakteritsid xususiyatlariga ega, ammo ular tezda faollikni yo'qotadi.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan kumush nanozarralari eritmasi bilan ishlov berilgan paxta tolasidan yangi turdagi bakteritsid paypoq yaratildi. Amaldagi stabilizatsiya qilingan kumush nanozarralarning eritmasida begona aralashmalar va toksik birikmalar mavjud emas. Yangi bakteritsid paypoqlar samarali gigiyenik mahsulot bo'lib, keng iste'molchilar uchun mo'ljallangan.

Ushbu ishlanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi "Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3855-sonli qaroriga muvofiq tijoratlashtirish dasturiga kiritilgan va ushbu texnologiyani "Mirius Textile" MChJ bazasida joriy etish rejalashtirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!