袗yni paytda respublikamizda koronavirus epidemiyasi sababli e始lon qilingan karantin ekologiya va atrof muhitning yaxshilanishiga, o始simlik va hayvonot dunyosining muhofazasi hamda ularning ko始payishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Tabiiyki, ayni damda O始zR F袗 Toshkent Botanika bog始iga tashrif buyuruvchilar ham yo始q va u yerda olmaxonni, yovvoyi o始rdak, qirg始ovul kabi boshqa paytda uchratish qiyish bo始lgan qushlarni ko始rish mumkin. Shuni alohida aytish mumkinki, hozirda ushbu jonivorlarning ayni ko始payish davri. Tabiatda tobora kamayib borayotgan bu jonivorlarning tabiiy holda ko始payishi quvonarli holat albatta.


.jpg)
Bundan tashqari, kundan kunga yashnab borayotgan daraxtlar, o始simliklar va bir-biridan nafis gullar kishi ko始ngliga go始zallik va nafosat baxsh etadi.


