Аyni paytda respublikamizda koronavirus epidemiyasi sababli eʼlon qilingan karantin ekologiya va atrof muhitning yaxshilanishiga, oʼsimlik va hayvonot dunyosining muhofazasi hamda ularning koʼpayishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Tabiiyki, ayni damda OʼzR FА Toshkent Botanika bogʼiga tashrif buyuruvchilar ham yoʼq va u yerda olmaxonni, yovvoyi oʼrdak, qirgʼovul kabi boshqa paytda uchratish qiyish boʼlgan qushlarni koʼrish mumkin. Shuni alohida aytish mumkinki, hozirda ushbu jonivorlarning ayni koʼpayish davri. Tabiatda tobora kamayib borayotgan bu jonivorlarning tabiiy holda koʼpayishi quvonarli holat albatta.
Bundan tashqari, kundan kunga yashnab borayotgan daraxtlar, oʼsimliklar va bir-biridan nafis gullar kishi koʼngliga goʼzallik va nafosat baxsh etadi.