Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi o‘tgan asrning 70-yillarida shakllangandan so‘ng, bu yerda faqat chuchuk suvli havzalar (Sirdaryo havzasi) uchrar edi. So‘nggi 20 yil ichida ko‘llarning sho‘rlanish jarayoni davom etdi va u yerdagi organizmlar chuchuk hamda sho‘r suvlarga chidamli turlar bilan almashinildi.
2019-yildan boshlab har bir mavsumda bir marta Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida gidrobiologik tadqiqotlar o‘tkazilib kelindi va buning natijasi o‘laroq zooplankton turlarining xilma-xilligi o‘rganildi.
Tadqiqotlarimiz natijasida 68 tur, shulardan: 38 turi - Rotifera, 12 - Cladocera va 17 – Copepoda vakillaridir. Ko‘llar tizimida birinchi marotaba Copepoda turlari, dengiz garpaktitsidi - Onychocamptus bengalensis va chuchuk va sho‘r suvga chidamli sikloplar: Cyclops heberti, Acantocyclops venustus, Paracyclops fimbriatus lar aniqlandi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Reman effekti hozirgi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi plankton organizmlar holatiga xosdir, unga ko‘ra, chuchuk suvga yaqin sho‘rli suv hududlarida (sho‘rligi 5–8%), sho‘r suv va chuchuk suvga chidamli hayvonlarning eng kam turlari kuzatiladi.