馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗ndijon viloyati Xonobod shahri o鈥檙nida qaysi madaniyat vakillari yashagan?


Farg始ona vodiysi va ayniqsa uning sharqiy xududlari oxirgi 100 yil davomida sharqshunos va qadimshunos olimlar e始tiborini o始ziga tortib kelmoqda. Zero, bu yerda ilk ziroatkor ajdodlarimiz bundan 3500 yil oldin sun始iy sug始orishga asoslangan dehqonchilik bilan shug始ullanib, eng sodda uslublardan boshlab, murakkab suv inshootlarini barpo qilish vositasida dalalarga bir maromda suv taqsimot qilish orqali hosildorlikni oshirib borishgan. Biroq bu hududda bobodehqon ajdodlarimizdan tashqari xo始jalikda uy hayvonlarini yetishtirib kelgan va ko始chib yurish hayot tarzini afzal ko始rgan bobokalonlarimiz ham umrguzaronlik qilishgan. Shu tariqa, ming yilliklar davomida vodiyning o始troq (Chust va Sho始raboshot madaniyatlari) va ko始chmanchi (Qayroqqum va Eylaton madaniyatlari) aholisi o始zaro hamjihatlikda miloddan avvalgi XIV asrdan – milodiy birinchi asrlarda hayot kechirganlar va o始z hayotiy tajribalarini avlodlariga qoldirganlar. 袗lbatta, bu hayot tarzi va fikrlashi turlicha bo始lgan ikki madaniyatlar orasidagi munosabatlar hamisha ham tinch-totuvlikda o始tgan deyish noto始g始ri va buni tasdiqlovchi bir qator arxeologik faktlar mavjud. Shunday bo始lsada, bu ikki xil madaniyat sohiblari doimo murosa yo始lini izlashganliklari ham dala tadqiqotlari davomida topilgan ko始plab topilmalar vositasida ilmiy asoslangan.

袗ndijon viloyatining Qo始rg始ontepa tumanida oxirgi 7 yil davomida olib borilgan izlanish natijalarimizga ko始ra vodiydagi ilk sun始iy suv inshootlari qadimgi buloqlar o始zanini birlashtirish orqali shaklantirilib, bir necha 100 metrdan 120 kmgacha uzoqlikka yetadigan soylargacha barpo etib ishlatilgan. 袗jdodlarimiz bunyod etgan bu inshootlarning eng yiriklari – Shahrixonsoy (118 km) va 袗ndijonsoy (60 km) bo始lib ularning boshlanishi Xonobod shahrini Qirg始izston bilan chegaradosh hamda Tyan-Shan tog始 tizmasining janubi-g始arbiy etaklarini qamragan hududdan oqib o始tadigan Qoradaryodan olingan.

Shu sababli O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazidan dala tadqiqot guruhi safarbar etilib, tog始 yonbag始ridagi buloqlar va ular bilan bog始liq qadimiyatga daxldor faktlarni o始rganish vazifa qilib qo始yildi.

Izlanishlarning dastlabki jarayonida hudud (Tyan-Shan tog始 tizmasini janubi-g始arbiy qismi va uning etaklari) piyoda o始tib ko始rib chiqildi va natijada quyidagilar aniqlandi:

- tog始ning bu etagining balandligi dengiz sathidan 1022 m;

- eng yuqorida aniqlangan buloq dengiz sathidan 848 m balandlikda qayd etilib, suvning ta始mi shirin;

- dengiz sathidan 842 m balandlikda ikkinchi buloq qayd etilib, suvning ta始mi chuchuk;

- uchinchi buloq dengiz sathidan 791 m balandlikda qayd etilib, suvning ta始mi sho始r;

- o始rganilayotgan hududning janubiy etagida qadimgi manzilgoh va qabrqo始rg始on o始rinlari hamda ulardan 3-4 km shimolda boshqa manzilgoh o始rni qayd etildi;

- ma始lum vaqt qayd etilgan qabrqo始rg始on o始rnida mahalliy aholi tomonidan xo始jalik ishlari olib borilganligi tufayli o始nlab asori atiqalar topilgan va uy muzeyida saqlangan;

- buloqlar atrofida ko始plab qizil rangli minerallar uchraydi.

Dastlabki tadqiqotlar so始nggida qo始lga kiritilgan sopol idishlar qiyosiy tahlil qilindi va unga ko’ra quyidagi ilk xulosalar shakllandi:

Sopol idishlarning aksariyati qo始lda yasalgan va ayrimlari bo始yoq bilan naqshlangan hamda davriy jihatdan miloddan avvalgi VII asrdan – milodiy VII asrlargacha qayd etilgan. Sopollar kompleksida charxda tayyorlangan nusxalari ham mavjud bo始lib, ular davriy jihatdan milodiy birinchi asrlardan – milodiy XII asrlargacha yashab kelgan madaniyat sohiblariga tegishli bo始lgan. Demakki, qayd etilgan sopollar to始plamidan ko’rinib turibdiki, bu hududda ajdodlarimiz sal kam 19 asr mobaynida umrguzaronlik qilishgan. Yuqorida keltirganimizdek, sopol idishlarning bir qismi ko始chmanchi madaniyat vakillariga tegishli bo始lsa, boshqalari o始troq hayot tarzini maqbul ko始rgan ajdodlarimizga tegishli bo始lgan.

袗yrim topilmalarning o始ziga xosligi shundaki, ularning shakli Eylaton madaniyatiga xos bo始lsa, sirtiga tushirilgan naqshlar Chust va Sho始raboshot madaniyatlariga xosdir. Bu esa turli madaniyat sohiblari bo始lgan qadim ajdodlarimizning o始zaro yaqin aloqadaligi va o始zaro qorishib borayotganligining hosilasidir. Shu tufayli, aniqlangan manzilgoh va qabrqo始rg始onlar keng qamrovli tarzda o始rganilishi va topilmalar qiyosiy tahlil etilishi zarurdir. Zero, tadqiqot natijalari Farg始ona vodiysi qadim madaniyatlari borasidagi bir qancha muammoli xalqalarning yechilishi hamda zarurat bo始lsa, mintaqamiz qadimiyatiga daxldor hodisalarni tarix muhlislariga oydinlashtirib yetkazilishiga yordam berishi bilan birga vodiyning sharqiy hududlari, jumladan, Xonobod shahri o始rnining ajdodlarimiz taraqqiyotidagi rolini belgilab berishda muhimdir.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!