O‘zR FA Seysmologiya instituti tomonidan “Amudaryo deltasi va Orol dengizining qurigan tubi geotizimlarini baholash, prognozlash va rekonstruksiya qilish” nomli monografiya nashr etildi.
Unda ko‘rib chiqilayotgan hudud geokomplekslarini belgilab beruvchi tabiat komponentlari va omillari majmuini hamda o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish asosida dengiz akvatoriyasining qisqarib borishiga bog‘liq tarzda ularning o‘zgarish tendensiyasi ochib beriladi. Eng muhim tabiat omillari va jarayonlar xususiyatlarining kompleks qaydlariga asoslangan holda Amdaryo deltasi va Orol dengizining qurigan tubi geotizimlariga baho beriladi, prognoz qilinadi va tiklash ishlari bajariladi. Ekologik tizimlar dinamikasi, dengizning qurigan tubi va qurib borayotgan ko‘l-botqoq komplekslari tuproqlari deflyatsiyasi va sho‘rlanishi masalalari batafsil yoritib beriladi.
Shuningdek, Orol dengizi sathining pasayib borishi bilan bog‘liq nomaqbul holatlarning oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar taklif qilingan.
Kitob geograflar, gidrologlar, biolog, tuproqshunos, melioratorlar va Orol dengizi muammolari bilan qiziquvchi boshqa mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.