馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida yangi ko始rgazma tashkil etildi


O’zR FA 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida buyuk shoir va mutafakkir 袗lisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti, ijodi va adabiy muhiti, ustozlari va izdoshlari haqida hikoya qiluvchi asarlarning qo始lyozma va nashr nusxalari haqida atroflicha ma始lumot beruvchi adabiy-badiiy ko始rgazma ochildi. Ko始rgazma O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 19-oktyabrda “Buyuk shoir va mutafakkir 袗lisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to始g始risida”gi PQ-4865 sonli qarori ijrosini ta始minlash maqsadida tashkil etilgan.

    

Ko始rgazma muzeyning ikkinchi qavatidan o始rin olgan bo始lib, unda shoir asarlarining nodir qo始lyozma-manbalari, toshbosma kitoblar, turli yillarda yaratilgan miniatyuralarni ko始rish mumkin. Bundan tashqari, Davlat adabiyot muzeyi tashkil etilganidan buyon mavjud bo始lgan qimmatli tasviriy san始at namunalari bilan birgalikda, yaqinda muzey fondini boyitgan ijodiy tasviriy san始at namunalari ilk bor namoyish etilmoqda.

  

  

Ko始rgazmani boyitgan yana bir narsa shundaki, oxirgi yillarda yurtimizda va dunyoning turli nuqtalarida saqlanayotgan qo始lyozmalar, ularning faksimil nusxalari, nashr etilgan Navoiy asarlari, navoiyshunoslikka oid ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tanqidiy matnlar va Davlat adabiyot muzeyining bir qator olimlari tomonidan chop etilgan kitoblar va kataloglar o始rin olgan. Xususan, “Hamsa”ning 1904-yil Toshkentda O.袗.Partsev tipografiyasida chop etilgan nusxasi, shior lirik merosining Qozon, Moskva, Turkiyada nashr etilgan kitoblari, “Muhokamatu-l-lug始atayn”ning matnshunos olim Yu.Tursunov tomonidan tuzilganilmiy-tanqidiy matni kabi asarlarni ko始rish mumkin.

   

Muzey ekspozitsiyada shu paytgacha Chingiz 袗xmarovning “Navoiy lirikasiga monemuntal dekorattsiya” hamda “Yetti go始zal” portreti, M. Voronskiyning Navoiyning “Hamsa” dostoniga ishlagan “Shahzoda ovda” miniatyurasi alohida ahamiyat kasb etgan bo始lsa, bugun bu yerda Temur Sagdullayevning “Sab始ai-sayyor” dostoniga ishlangan Bahromning miniatyurali tasvirlarini, 袗bduhakim Karimovning “Qaro ko始zum” , “Farhod va Shirin”, “Laylining tushi”, “Layli va Majnun”, “Lison-ut tayr” kabi betakror san始at namunalarini ko始rish mumkin.

Bundan tashqari, o始zbek xalqining ulug始 navoiyshunoslari Hamid Sulaymonov, akademik 袗ziz Qayumov, O始zbekiston Qahramoni Suyuma G始aniyeva, professor Saidbek Hasanov protretlari ham o始rin olgan.

Ko始rgazma yil oxirigacha muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun xizmat ko始rsatadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!