O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi O始zbekiston shoir va yozuvchilarining boy qo始lyozma merosi saqlanadigan fondlariga ega respublikaning yirik ilmiy-tadqiqot va ma始rifat markazi hisoblanadi. Muzey o始zining matnshunoslik va manbashunoslik sohasidagi ilmiy salohiyati bilan mamlakatimizda yetakchi ilmiy muassasa sifatida ma始lum.
Shu kunga qadar muzey olimlarining sa始yi-harakati bilan muzey fondi 2000 ga yaqin qo始lyozma va toshbosma kitoblar bilan boyidi. Ular orasida Sa始diy Sheroziyning 1636-yili ko始chirilgan kulliyoti, 袗bdurahmon Jomiyning “Tuhfatul ahror” qo始lyozmasining 1578-yili ko始chirilgan nusxasi, Nizomiy Ganjaviyning XVI asrga oid “Maxzan ul-asror”i, Xusrav Dehlaviyning 1575-yilda ko始chirilgan “Xamsa”si, Fig始oniy, Nozim Hiraviy, 袗bdullo Hotifiy, Husayn al-Koshifiy, Temurshoh 袗fg始oniy va boshqa shoir va yozuvchilari qo始lyozma asarlarining qadimiy nusxalari alohida ajralib turadi.
Qo始lyozma va toshbosma asarlar orasida salmog始i jihatidan tabiiyki, Hazrat Navoiy asarlari nusxalari yetakchilik qiladi. Muzey fondida saqlanayotgan “Badoe始 ul-bidoya” asarining nodir qo始lyozma nusxasi Navoiy barhayot paytida ko始chirilgan. Xattot 袗li ibn Nur bu devonni hijriy 891-yil, milodiy 1486-yil Hirotda yozib tugatgan. U “Badoe始 ul-bidoya” qo始lyozmalari orasida eng to始liq nusxasidir. Bu qo始lyozma Hirotdagi qadimiy kitobat va xattotlik san始atining yorqin namunasidir.
So始nggi yillarda bir guruh olimlarimiz tomonidan muzey fondida saqlanayotgan qo始lyozma va toshbosma asarlarning kataloglari o始zbek, rus va ingliz tillarida nashrga tayyorlandi va ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi.

Shu kunlarda muzey qo始lyozmalari katalogining yangi nashri chop qilindi. Ushbu nashr muzey fondida saqlanayotgan barcha qo始lyozmalarni qamrab olgan. Katalogdan fondda saqlanayotgan 800 dan ortiq qo始lyozma kitob tarkibidagi 1618 ta asarning ilmiy tavsifi o始rin olgan. 袗rabiy, forsiy, turkiy tildagi asarlar asosan adabiyot, tarix, islom falsafasi, fiqh ilmi, mantiq ilmi, tilshunoslik, tibbiyot va boshqa sohalarga taalluqli.
袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanib kelayotgan va ushbu katalogga kiritilgan qo始lyozmalar tavsifi boy qo始lyozma merosimiz bilan qiziquvchi ilm toliblari, mutaxassis va olimlar uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi, degan umiddamiz.