馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Xalil Raxmatulin


G始alabaning 75 yilligiga bag’ishlanadi.

 

Bu yil ulug始 g始alabaning 75 yilligi keng nishonlanar ekan, bu g始alabada o始zbek o始g始loni, O始zR F袗 akademigi, Rossiya va O始zbekiston davlat mukofotlari sovrindori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Xalil 袗hmedovich Rahmatulinning beqiyos hissasi borligidan faxrlanamiz. Urush yillarida olim bevosita harbiy sanoat vazirligining buyurtmasi bilan tadqiqotlar olib borgan.

Ikki og始iz so始z X.袗.Raxmatulin haqida. U 1909-yil 23-aprelda To始qmoq (Qirg始iziston) shahrida tavallud topgan. Otasi 袗hmad Rahmatullo o始g始li 袗vliyootalik (hozirgi Talas) o始zbeklardan, onasi Gulsum ayaning otalari ham o始zbeklardan. Otasi erta vafot etib ketgach, ikki o始g始il va ikki qizni Gulsum ayaning o始zi tarbiyalaydi. Xalil 12 yoshligida (1921) Gulsum aya ham vafot etadi. Opalari 袗shrafi va Halimalar qarindoshlaridan qarzga pul olib, Xalilni Toshkentga o始qishga yuboradilar. U 1925-yilda Toshkent viloyat pedagogika texnikumiga o始qishga kirgan. 1929-yilda O始rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O始zbekiston MU) fizika-matematika fakul褜tetiga o始qishga kirgan, 1931-yilda u Moskva davlat universitetining (MDU) mexanika-matematika fakul褜tetiga o始qishni o始tkazgan va keyingi faoliyati ushbu universitet bilan chambarchas bog始liq. U 1952-yilda o始z tashabbusi bilan MDU da tashkil etilgan “Gaz va to始lqin dinamikasi” kafedrasini umrining oxirigacha boshqarib keldi. X.袗.Raxmatulin 1988-yil 10-yanvarda Moskvada vafot etdi.

U 1937-yilda “Katta tezliklar aerodinamikasining ba始zi masalalari” mavzusida nomzodlik, 1943-yilda “Parashyut nazariyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. U 1937-yilda juda ko始plab omillarni hisobga olgan holda, ilm olamida yuksaklikka ko始tarilishni o始ylab “Rahmatullaev” familiyasini “Raxmatulin”ga o始zgartirdi. 1947-yilda O始zR F袗 akademigi qilib saylangan, 1949-yilda sobiq ittifoqning birinchi marta davlat mukofotiga sazovor bo始lgan, 1950-yillarning boshlarida O始zR F袗 fizika-matematika bo始limini boshqargan va Mexanika instituti, Hisoblash Markazli Kibernetika institutining tashkil etilishida ko始p kuch sarflagan, milliy respublikalar uchun 100 dan ortiq fan doktorlari, akademiklar, davlat mukofoti laureatlari va fan nomzodlarini yetishtirib bergan, O始zbekistonda ko始pfazali muhitlar gidrodinamikasi sohasidagi izlanishlari 1968-yilda 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi O始zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlangan, dunyoda eng noyob adiabatik qisishga asoslangan gazodinamik truba kashf qilganligi uchun 1974-yilda sobiq ittifoqning ikkinchi marta davlat mukofotiga sazovor bo始lgan, 1979-yilda mexanika faniga qo始shgan ulkan hissasi uchun olimga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. “Xalil Raxmatulin tug始ma mexanik, hali u butun dunyoga mashhur bo始ladi...” – degan edi 袗lbert Eynshteyn. Olimning yaqin do始sti, taniqli yozuvchi 袗bdulla Qahhor mo`jizaviy ixtirolarini hisobga olib, X.袗.Raxmatulinni “avliyo” deb atagan edi.

Ikkinchi jahon urushi olimlarimiz, ayniqsa, mexanika fani va mexanik olimlar oldiga katta talablar qo始ygan edi. Chunki 1941-yilning noyabr oyiga kelib, armiyada qaltis vaziyat vujudga kelgan – “snaryad yetishmovchiligi” (“褋薪邪褉褟写薪芯械 谐芯谢芯写邪薪懈械”) boshlangan edi. Chunki mamlakatning Yevropa qismidagi qurol-yarog始 omborxonalari nemislarning qo始liga o始tdi. Qurol-yarog始 ishlab chiqaradigan zavodlarning atigi 40% sharqqa ko始chirib o始tkazildi, xolos. Harbiy texnikaning ko始pgina hisob-kitoblari fandagi yangi kashfiyotlar asosida yangilanishga muhtoj edi. Fashistlar esa Moskva ostonasigacha kelib qolgan edi.

 

X.Raxmatulin va 袗.Ilyushin, 1935-y.

 

Mamlakat xalokat yoqasida turgan bir paytda, bu muammoni hal etish uchun talabalikdagi ikki do始st – Ilyushin va Raxmatulin astoydil kirishdilar. 袗.袗.Ilyushin po始latni boshqa metall bilan almashtirish va undan mustahkam bo始lgan po始lat qorishmali cho始yandan snaryad ishlab chiqarishni kashf etdi, snaryadlarning stvoldayoq yorilib ketish muammosini hal qildi. X.袗.Raxmatulin esa stvoldan otilib chiqqan snaryadning mo始ljalga borib tekkungacha bo始lgan muammolarni – matematik tenglamalarni, hisob-kitoblarni barcha omillarni hisobga olgan holda hal qilib berdi. Elastik-plastik muhitlar dinamik nazariyasi sohasida X.袗.Raxmatulin fanda ilk bora maxsus “yuksizlinish to始lqinlari”ni ochdi, bu to始lqinlarni 袗.袗.Ilyushin “Raxmatulin to始lqinlari” deb atadi va shundan keyin dunyo ilmiy adabiyotida “Raxmatulin to始lqinlari” atamasi paydo bo始ldi. “Yuksizlanish to始lqinlari” plastik deformatsiyalarning qaytarilmas jarayonlari sababli hosil bo始ladi. U elastiklik chegarasi o始zgaruvchan muhitlarda elastik-plastik to始lqinlar tarqalishi, takroriy yuklanishlarda qoldiq deformatsiyalar yig始ilishi qonuniyatlarini aniqladi hamda materiallarning elastiklik chegarasi tashqarisida cho始zilishi-siqilishi dinamik diagrammasini olish uslubini ishlab chiqdi. Elastik-plastik materiallar dinamik qarshiligining ikki o始lchovli qonuniyatlarini o始z ichiga oladigan uslubni o始zlashtirish imkonini beradigan nazariyani yaratdi.

Bu nazariya fundamentlar va turli inshootlarni hisoblashda, kemalar zirhini teshaolish hisobini bajarishda asos bo始lib xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida ushbu nazariya qoyali tuproqqa snaryadlarning kirib borishini aniqlashda qo始llanilgan. Uning urush yillaridagi tadqiqotlarini ifodalovchi “Qisqa vaqtli jadal yuklarda mustahkamlik” nomli monografiyasi dunyo olimlari tomonidan e始tirof etildi va jahonga mashhur bo始ldi.

 

Raxmatulin to始lqinlari

 

X.袗.Raxmatulinning urush arafasida va urush yillarida bajargan ilmiy ishlarining muhim yo始nalishlaridan yana biri – bog始lab qo始yilgan aerostatlarning aerodinamikasini o始rganish, havo to始siqlari tizimini sim-arqonlarning ish qonuniyatlarini aniqlash bo始ldi.

U mamlakat og始ir sanoatining muhim zavodlari bilan uzluksiz aloqada bo始lib, ishlab chiqarishni tezlashtirish bo始yicha zarur maslahatlar berib turdi. O始zi ham ixtirolarini amalda qo始llanishda ishchilarga ko始maklashdi. “Ko始ndalang zarba nazariyasi” ayniqsa katta ish berdi, – deb yozgandi X.袗.Raxmatulin. – Po始lat arqonga ko始ndalang zarba ancha murakkab matematik masala. Buni hal etishni urushdan sal ilgari (1939) menga topshirishgandi. Men o始ttiz to始qqizinchi yili ko始ndalang to始lqinlar va zarba tezliklarini hamda elastik-plastik xususiyatlariga bog始liq po始lat arqon deformatsiyasini aniqlaydigan formulalar keltirib chiqardim... Men hisoblagan mudofaa aerostatlarining po始lat arqonlari urushda Moskva, Leningrad, Boku kabi shaharlarni himoya qilishda qo始l keldi”.

O始sha vaqtda samolyotlar 1500-2000 metr balandlikda uchardi, xolos. 袗erostatlar shu balandlikka chiqarildi va po始lat arqonlar bilan o始zaro bog始landi. Bu simlarning ko始ndalang uzunligi 500 metrdan iborat edi. Ularning har biriga ma始lum og始irliklarda to始rttagacha granata bog始lab qo始yilgan. Bu simlarga dushman samolyotlari urilganda granatalar portlab ketardi. Bu ishni ingliz olimi J.Teylor matbuotda maqtadi. Uning o始zi ham ko始ndalang zarba masalasi bilan shug始ullanayotgan edi. Teylorning ishi Raxmatulinnikidan keyin chiqdi. Uning ishida zarbali kuch po始lat arqonga tik holatda deb qaralgan. Bu holda zarba berayotgan jism po始lat arqon bo始ylab siljimaydi.

X.袗.Raxmatulin esa og始ma zarbani va po始lat arqon bilan urilayotgan jism orasidagi ishqalanishni ham hisobga olgan. Keyinroq bu nazariya asosida elastik-plastik materiallar dinamik qarshiligi qonunlarini aniqlaydigan yana bir usul – samolyotlarni va uchish texnikasini yerda qisqa vaqtda to始xtatish va qo始ndirish qurilmalari ishlab chiqilgan. Urush paytida samolyotlar yerdan noqulay uchish yoxud qo始nayotganlarida bu qurilmalar katta ish bergan.

X.袗.Raxmatulinning ikkinchi jahon urushida g始alabaga qo始shgan hissasi, shubhasiz, “Parashyut nazariyasi”ni mukammal ishlab chiqqanlikda, urushda va front ortida aviatsiyaning roli ortib borganlikdadir. Parashyut urushdan oldin kashf qilingan bo始lsada, biroq uning ishlash nazariyasi mukammal emasdi. 袗na shunday murakkab, mashaqqatli ishni hal etishni vatandoshimiz o始z zimmasiga oldi. U MDU aerodinamika laboratoriyasidagi vertikal aerodinamik trubada parashyut modelining ochilishi jarayonini, ochilgandan keyingi harakatini, shaklining o始zgarishini, mustahkamligini sinchiklab o始rgandi, tajribalar o始tkazdi, muhim faktlarni aniqladi. Bulardan biri, ochilgan parashyut sirtidagi bosim farqining sirt bo始ylab o始zgarmasligi edi. Ikkinchisi, oddiy nazariy hisob asosida aniqlangan mustahkamligiga qaraganda ko始proq og始irlikka chiday olishi, ya始ni parashyutlar mustahkamlik rezerviga ega ekanligi.

Demak, nazariy hisobda masalaning biror muhim tomoni hisobga olinmagan edi. X.袗.Raxmatulingacha fanda ochilgan parashyut gumbazi kesilgan sfera shaklida deb qaralgan. Olim bu shakl gumbazning haqiqiy shaklidan farq qilishini payqab qoldi. U yuk osiladigan arqon-stropalarning gumbazga kirib ketishini birinchi bo始lib hisobga oldi. “Parashyut nazariyasi”da – degan edi X.袗.Raxmatulin, – parashyutning yarim sfera formasidan “to始lqinli” chetlanishini hisobga oldim. Men gumbazning ochilish jarayonini aniqlayotib, gumbaz ostidagi havo faqat qutb teshiklari orqali emas, balki ipak to始qima orqali ham o始tishini dunyoda birinchi bo始lib hisobga oldim, desam maqtangan bo始lmayman. Bu nazariya aerodinamikada yangi yo始nalish ochdi...”

X.袗.Raxmatulinning “Parashyut nazariyasi” urush yillarida parashyutning turli funktsiyalarni bajarish uchun mo始ljallangan shakllarining vujudga kelishiga asos bo始ldi. Parashyutlar dushman qo始shini ichiga desant tashlashda va partizanlar harakatini qo始llab-quvvatlashda katta samara berdi. Olim parashyut sohasidagi ishlarini davom ettirib, uni sinashning yangi usulini o始ylab topdi. Buni inson bajarmas, maxsus loyihalangan pnevmatik pushkadan otiladigan robot-parashyutchi bajaradi. Fanda bu ajoyib pushka “Raxmatulin pushkasi” deb nom oldi.

Moskvada rasmiy doiralarda do始ppi kiygan o始zbek o始g始loni, O始zR F袗 akademigi X.袗.Raxmatulinning urush davrida elastik-plastik to始lqinlar va moslashuvchan bog始lanish to始lqinlari dinamikasi sohasidagi tadqiqotlari uchun 1949-yilda birinchi marta sobiq ittifoqning davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Darhaqiqat, buyuk g始alabada vatandoshimizning o始ziga xos hissasi borligini faxr bilan eslar ekanmiz, bugungi tinchlikning qadriga yetish, shunga olib kelishda ulug始 allomalarning xizmatini ibrat qilib, yoshlar ongida milliy g始ururni shakllantirish va tarbiyalash dolzarb vazifa ekanligini anglab yetamiz.

 

Raxmatulin to始lqinlari

 

Hayolimda yashar bir nurli siymo,

Kemada suzmoqda – darg始adir go始yo!

Ogoh etib ko始kni hayqirar daryo:

Raxmatulin to始lqinlari

 

Nima bu o始yimda aks etgan g始oya,

“Yuksizlik to始lqini”mi – kashfga doya.

“Ko始ndalang zarba”dir – yurtga himoya –

Raxmatulin to始lqinlari!

 

Ilk bora Minakov o始ylarga tolgan:

“Xorazmiy yurtidan...” deya tan olgan.

Markazkom kotibi hayratda qolgan –

Raxmatulin to始lqinlari!

 

Ko始p fazali muhit ilmini ilk bor,

Inkishof ayladi qilib ustivor.

Parashyut ilmini fanga qildi yor –

Raxmatulin to始lqinlari!

 

Qoyil qilar edi askiyani ham,

U borgan davraga kirolmaydi g始am.

O始zbeklarga quvvat bo始lardi har dam –

Raxmatulin to始lqinlari!

 

Mexanika uning hayot mazmuni,

Minnatdor avlodlar eslashar uni.

Ezgulik esh bo始lib yashar har kuni –

Raxmatulin to始lqinlari!

O始zR F袗 Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

f.-m.f.d., professor Botir M袗RDONOV,

dotsent Muhammad R袗HIM.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!