Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

AKADEMIK BILAN UChRAShUV O‘TKAZILDI


12-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Astronomiya instituti direktori Shuhrat Egamberdiyev bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

 

 

Uchrashuvda akademik bolalarga astronomiya sohasidagi yangiliklar, mazkur fanning qiziqarli tomonlari, o‘zbekistonlik astronom olimlarning fanning taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi.

 

Astronomiya fanining fizika bilan chambarchas holatda bog‘liq ekanligiga urg‘u bergan holatda hozirgi kunda dunyoning yetakchi observatoriyalaridann biri hisoblangan Maydanak observatoriyasida olib borilayotgan ishlar haqida tushunchalar berdi. O‘quvchilarda bu fanga qiziqishnim oshirish maqsadida birinchi o‘ylab topilgan mexanizmlar insonlar xayotini qay darajada o‘zgartirganligi haqidagi qiziqarli faktlar bilan bo‘lishdi.

 

So‘ngra o‘quvchilar mazkur sohadagi o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan murojaat etishdi va ularga javoblar olishdi.

 

Bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi o‘quvchilarni yangi ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va texnologik yangiliklar bilan tanishtirish, akademik bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi, ularni o‘qishga va izlanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!