馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗kademik 袗ziz Qayumov va mumtoz adabiyotshunoslik


2021-yil 2-iyun kuni atoqli olim, O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O始zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori 袗zizxon Po始latovich Qayumov tavalludining 95 yilligiga bag始ishlangan “袗kademik 袗ziz Qayumov va mumtoz adabiyotshunoslik” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo始lib o始tdi.

袗njuman O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tashabbusi bilan O始zbekiston davlat san始at va madaniyat instituti, 袗lisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.

 

袗njuman onlayn va oflayn tarzida o始tkazildi. Unda O始zbekiston, Vengriya, Tojikiston, Ozarboyjon va Qirg始iziston mamlakatlaridan 50 dan ortiq mutaxassis olimlar ishtirok etishdi. Jumladan, O始zbekistondan taniqli olimlar Jabbor Eshonqulov, Zokirjon Mashrabov, Boqijon To始xliyev, Hamidulla Boltaboyev, Nusratullo Jumaxo始ja, Sultonmurod Olim, Otabek Jo始raboyev va Qodirjon Ergashev, vengriyalik Benedek Peri, tojikistonlik Baxtiyor Fayzulloyev, ozarboyjonlik Olmos Ulviy, qirg始izistonlik Barno Isaqova kabi olimlarning ma始ruzalari qiziqish bilan tinglandi. 袗kademik 袗.Qayumovning nafaqat o始zbek fani, balki jahon adabiyotshunosligida tutgan o始rni va ibratli umri ma始ruzalar hamda chiqishlarda yoritib berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!