馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta始minlash bo鈥檡icha Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag鈥檌shlangan brifing


Joriy yil 29-mart kuni, 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agnetligida O始zR F袗 matbuot kotibi tomonidan O始zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyulda “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to始g始risida”gi PQ-4794-sonli qarori ijrosiga bag始ishlangan brifing tashkil etildi.

Unda Fanlar akademiyasi tomonidan mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanishtirib o始tildi:

  1. “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida”gi O始zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqilib, regulation.gov.uz portalida muhokamadan o始tkazilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qo始mitasida qayta umumiy muhokama qilinmoqda;

  2. Fanlar akademiyasi yetakchi olimlari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2030-yilgacha bo始lgan Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasini rivojlantirish kontsepsiyasi tayyorlandi hamda hozirgi kunda tegishli tashkilotlar tomonidan ko始rib chiqilmoqda.

 3. Vazirlar Mahkamasi huzurida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasini qo始llab-quvvatlash jamg始armasi tashkil etildi. http://academy.uz/uz/news/seysmologiya-inshootlarning-seysmik-mustahkamligini-va-seysmik-xavfsizlikni-taminlash-sohasidagi-ilmiy-tadqiqotlar-uchun-tanlov-elon-qilindi

  4. Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Seysmologiya instituti va Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Bino va inshootlarni elektron texnik pasportlashtirish uslubiyoti” ning o始zbek va rus tillaridagi nusxalari ishlab chiqildi. Elektron texnik pasportlarni shakllantirishdan asosiy maqsad – seysmik faol hududlarda foydalanishda bo始lgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini o始rganish, sodir bo始lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko始rish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida bino va inshootlar bo始yicha zarur ma始lumotlarni o始zida aks ettirish hamda ulardan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iborat.

 5. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan xususiy turar-joy binolarining zilzilabardoshligini ta始minlash bo始yicha uslubiy qo始llanma ishlab chiqildi. http://academy.uz/uz/news/xususiy-turar-joy-binolarining-zilzilabardoshligini-taminlash-boyicha-uslubiy-qollanma-ishlab-chiqildi

 6. Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash bo始yicha ekspress uslub ishlab chiqildi. http://academy.uz/uz/news/endi-togonlar-mustahkamligi-ekspress-test-tizimi-yordamida-olchanadi

  7. Seysmologiya instituti tomonidan qurilish maydonlarining seysmik darajasini aniqlash uchun grunt sharoitlarining seysmik modellarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmini yaratish ishlari davom ettirilmoqda.

  Shuningdek, kuchli zilzilalar (o始rta va qisqa muddatli, makon va zamon bo始yicha) to始g始risida darak beruvchi majmualar tayyorlanishining yangi modelini yaratish va zilzila namoyon bo始lishi qonuniyatlarini aniqlash, yer qobig始idagi lokal seysmik faol tektonik yoriqlarning texnogen kuchlanganlik va deformatsiyalanish holatini baholaydigan miqdoriy modellarni ishlab chiqish kabi yo始nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

  Bundan tashqari, seysmogen zonalarning seysmologik va seysmotektonik potentsialini baholash metodikasini takomillashtirish asosida Markaziy O始zbekiston hududining mukammal seysmik rayonlashtirish (MSR) xaritasi ishlab chiqilmoqda.

  Yana shuni alohida ta始kidlash lozimki, Seysmologiya instituti olimlari tomonidan O始zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda Toshkent zilzilasiga 55 yil to始lishi munosabati bilan 77 ta xaritadan iborat O始zbekiston atlasini yaratish bo始yicha ishlar yakuniga yetkazildi va 袗tlas shu yilning may oyida chop etishilishi rejalashtirilgan.

  “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to始g始risida”gi qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish tizimini doimiy takomillashtirib borish va sohada aniq maqsadlarga yo始naltirilgan dasturlarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!