O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim 袗bu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to始g始risida”gi qarori qabul qilindi.
O始zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo始shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi 袗bu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma始rifiy merosini yanada chuqur o始rganish va keng targ始ib qilish, ushbu yo始nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o始rnatish, shuningdek, 袗bu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash maqsadida qator vazifalar belgilandi.
Xususan, mazkur qaror bilan Fanlar akademiyasining Qoraqalpog始iston bo始limi va Xorazm Ma始mun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros ob始ektlari, shu jumladan, arxeologiya merosi ob始ektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan ta始minlash hamda 袗bu Rayhon Beruniy merosini o始rganish maqsadida xalqaro miqyosda keng ko始lamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e始lon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini o始zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish belgilandi.
Shuningdek, 袗bu Rayhon Beruniy siymosi tushirilgan pochta markalari va konvertlar yaratiladi, kumush va oltin yubiley tangalari muomalaga chiqariladi.
Respublikamizdagi 袗bu Rayhon Beruniy nomi bilan bog始liq obida va qadamjolarni, shu jumladan, 袗bu Rayhon Beruniy sharafiga o始rnatilgan yodgorlik majmualarini mukammal ta始mirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish, “Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlarini yo始lga qo始yiladi.