Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan  2020 – 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.
 Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 62-son bayoni qabul qilindi. Ushbu bayonga ko‘ra, o‘zbek tilida qo‘llanilib kelayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillariga almashtirildi. 

 

T/r

Chet tillarga oid soʻz va atamalar

Ularning maʼnosi

Rasmiy muomalaga kiritiladigan shakli

Amaldagi qonunchilik hujjatlarida
qoʻllanishi

Аванс

Fransuz tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “oldindan toʻlov”, “jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan boshqasiga kelgusida toʻlanadigan haq hisobidan oldindan beriladigan pul miqdori” degan maʼnoni bildiradi.

Boʻnak

Avans” va “boʻnak” atamalari qonunchilik hujjatlarida, rasmiy ish yuritishda hamda jonli muloqotda barobar qoʻllanmoqda.

Boʻnak atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi hamda atamaning yagona shaklda qoʻllanishiga olib keladi.

Автопилот

Yunon va fransuz tillaridan oʻzlashgan soʻz birikmasi. Turli transport vositalarini inson aralashuvisiz avtomatik boshqarish tizimi maʼnosida qoʻllaniladi.

Avtoboshqaruv

Avtopilot” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Avtoboshqaruv atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi. Hozirda turli lugʻatlar, OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlatib kelinmoqda.

Айсберг

Nemis tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
okean va dengizlarda erkin suzib yuruvchi katta muz boʻlagi – “muz togʻ” degani.

Muztogʻ

Aysberg” va “muztogʻ” atamalari darslik, qoʻllanmalarda, firma va tovar nomi sifatida qoʻllangan. Bundan tashqari, lugʻatlarda oʻzaro sinonim sifatida berilib, OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilmoqda.

Muztogʻatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Бодикамера

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “t
ana kamerasi” maʼnosida keladi.

Yonkamera

Bodikamera” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Yonkamera” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi. Hozirda turli lugʻatlar, OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlatib kelinmoqda.

Брызговик

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz. Gʻildiraklardan otiladigan loy
va suv turli tomonlarga sachrashining oldini oladigan jihoz.

Loytoʻskich

Ushbu atama qonunchilik hujjatlarida “sachratmagichlar (brizgovik)” shaklida qoʻllangan. Jonli muloqotda esa “brizgovik” tarzida ishlatib kelinmoqda.

Loytoʻskich” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Внедорожник

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
qiyin sharoitlarga chidamli avtomobil maʼnosini bildiradi.

Yoʻltanlamas

Yoʻltanlamas” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi. Bundan tashqari, atamadan OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanib kelinmoqda.

Дискуссия

Lotincha “discussio” soʻzidan oʻzlashgan boʻlib, muammo yuzasidan erkin muhokama, bahs, munozaraga kirishish maʼnosini bildiradi.

Bahs, munozara

Diskussiya” atamasi darslik, qoʻllanmalar, ilmiy ishlarda qoʻllanmoqda.

Bahs”, “munozara” atamalari oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi. Ular manbalarda sinonim sifatida birga qoʻllanib, OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilmoqda.

Доставка

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
tovarlarni belgilangan manzilga yetkazish, eltib berish maʼnolarida keladi.

Yetkazish

Dostavka” soʻzi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda, tovar, narsa-buyumlarni yetkazish xizmatlari, reklamalarda, umuman, jonli soʻzlashuvda faol qoʻllanmoqda.

Yetkazish” soʻzi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Зона

Yunoncha “zona” soʻzidan oʻzlashgan boʻlib, “mintaqa”, “belbogʻ”, chiziqlar bilan belgilangan chegara joylar maʼnosini bildiradi.

Hudud

Zona” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Hudud” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Карвинг

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “kesish”, “oʻyish” degani. Hozirda meva, sabzavot va narsa-buyumlarga kesib, oʻyib bezak berish sanʼati maʼnolarida qoʻllanmoqda.

Oʻymabezak

Karvingatamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Oʻymabezak” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Конфиденциал

Lotincha “confidentialis” soʻzidan olingan bo
‘lib, “ishonchga loyiq”, “maxfiy” degan maʼnoga toʻgʻri keladi.

Maxfiy

Konfidensial atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Maxfiy atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Кластер

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “moʻy qalam”, “toʻplam”, “toʻda” degan maʼnoda keladi. Bir maqsad uchun birlashgan kichik tuzilma.

Klaster

Klaster” atamasi qonunchilik hujjatlarida, rasmiy ish yuritishda hamda jonli muloqotda qoʻllanmoqda.

Klaster” atamasi keng ommalashgan tushuncha, oʻzbek tiliga oʻzlashib, lugʻat boyligini oshirishga xizmat qiladi.

Коворкинг

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “hamkorlik” degani. Tadbirkorlar yoki turli ish beruvchilar uchun ishlaydigan odamlar tomonidan jihozlar, gʻoyalar va bilimlar almashishga moʻljallangan ofis yoki boshqa ish muhiti.

Ish markazi

Kovorking” atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Ish markaziatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Коловорот

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz. Aksariyat hollarda yogʻochda diametri katta teshiklarni parmalash yordamida ochish uchun ishlatiladigan qoʻl asbobi.

Qoʻlparma

Kolovorot” atamasi texnika, avtomobilsozlik sohalarida qoʻllanmoqda.

Qoʻlparma” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Коридор

Italyan tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
bino ichidagi xonalarni
bir-biriga bogʻlovchi yoʻlak maʼnosini beradi.

Yoʻlak

Koridor” atamasi jonli muloqot, tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Yoʻlakatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Котлован

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “poydevor chuquri” degan maʼnoni bildiradi.

Xandaq

Kotlovan atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Xandaq atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Лебёдка

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz. Baraban yoki “yulduzcha”ga oʻraladigan harakatlanuvchi arqon (yoki zanjir) vositasida yuklarni koʻtarish va boshqa yerga koʻchirishga xizmat qiluvchi moslama.

Chigʻir

Lebyodka” va “chigʻir” atamalari tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida barobar qoʻllanmoqda.

Chigʻir” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Лидер

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
“birinchi”, “birinchi yuruvchi”, “yetakchi” degan maʼnolarni bildiradi.

Yoʻlboshchi, yetakchi

Lider atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Yoʻlboshchi” va “yetakchi” atamalari oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Линк

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “bogʻlam”, “aloqa”, “ikki narsa yoki vaziyat oʻrtasidagi munosabat, bogʻlanish” maʼnolarida qoʻllaniladi.

Havola

Link” atamasi ilmiy tadqiqot ishlarida, oʻquv jarayonida, umuman, jonli soʻzlashuvda faol qoʻllanmoqda.

Havola” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Маркировка

Nemis tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
“tamgʻalash”, “belgilash” degan maʼnoni bildiradi.

Tamgʻalash

Markirovka” va “tamgʻalash” atamalari tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida barobar qoʻllanmoqda.

Tamgʻalash” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Маршрут

Fransuz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
“yurish”, “yoʻl”, “yoʻnalishli yoʻl” maʼnolarini bildiradi.

Yoʻnalish

Marshrut” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Yoʻnalishatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Мастер класс

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “mahorat darsi”, “mahorat ustaxonasi” degan maʼnoni ifodalaydi.

Mahorat darsi

Masterklas” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Mahorat darsiatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Мотивация

Lotincha “movere” soʻzidan olingan boʻlib, “harakat”, “harakat qilishga undash” maʼnosida kelgan.

Ruhlantirish,
ragʻbat

Motivatsiya” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Ruhlantirish” va “ragʻbatatamalari oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Навигатор

Lotincha “navigator” soʻzidan oʻzlashgan bo
‘lib,
“kemani yoʻlga boshlash/yoʻllash” maʼnosini bildirgan.

Yoʻllagich

Navigator” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Yoʻllagich” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Наждак

Rus tili orqali oʻzlashgan soʻz. Najdak minerali bilan qoplangan qogʻoz, qurilish sohasida hamda metallarni silliqlashda foydalaniladi.

Qumqogʻoz

Najdak” atamasi jonli muloqotda, qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Qumqogʻoz” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Оправа

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
biron narsani joylash mumkin boʻlgan asos, gardish, tegra maʼnolarida keladi.

Gardish

Oprava” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Gardishatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Отвёртка

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
“burash”, “aylantirish” maʼnosida keladi, burama mixlarni qotirish va yechib olishda ishlatiladigan asbob nomi.

Buragich

Otvyortka” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Buragichatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Парол

Fransuz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “maxfiy shartli soʻz” degan maʼnoda keladi.

Oʻron

Parol” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Oʻron” atamasi qadimgi yozma manbalarimizda aynan “parol” tushunchasining maʼnosida ishlatib kelingan. Atama oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi va lugʻat boyligini oshirishga xizmat qiladi.

Переплёт

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “kitobni muqovalash”
degan maʼnoni bildiradi.

Muqovalash

Pereplyot” atamasi qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda. Nashriyot, bosmaxona ishlarida, tashqi reklamalarda, umuman, soʻzlashuvda faol soʻz hisoblanadi.

Muqovalashatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Полик

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, “kiyim qiyqimi”, “gilamcha”, “toʻshama”, “avtomobil gilamchasi” maʼnolarini bildirgan.

Toʻshama

Polik” atamasi narsa-buyum nomi sifatida faol qo‘llanadigan soʻzlardan biri hisoblanadi.

Toʻshamaatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Портфолио

Lotin va italyan tillaridan oʻzlashgan soʻz birikmasi bo
‘lib, “muhim hujjatlar papkasi”, “yutuqlar jamlanmasi” degan maʼnolarni bildiradi.

Yigʻmajild

Portfolio” atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Yigʻmajild atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Прогрессив

Lotincha “progressussoʻzidan  oʻzlashgan boʻlib, “ilgʻor”, “muvaffaqiyat”, “ilgari yurish” maʼnolarida kelgan.

Ilgʻor

Progressiv” atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Ilgʻor atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Растушевка

Rus tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, “soya berish”, “bir rangdan ikkinchisiga tush yordamida silliq oʻtish” degan maʼnolarda keladi.

Qoshpardoz

Rastushevka” atamasi xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllaniladi.

Qoshpardozatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Светофор

Rus va yunon tillaridagi soʻzlar birikmasi bo
‘lib, “
nur taratuvchi”, avtomobillar harakatini tartibga soluvchi chiroq maʼnosini bildirgan.

Yoʻlchiroq

Svеtofor” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda. Harakatni tartibga soluvchi qurilma sifatida soʻzlashuvda faol soʻzlardan biri hisoblanadi.

Yoʻlchiroqatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Силлабус

Lotincha “syllabus” soʻzidan olingan boʻlib, “ishlar roʻyxati”, “katalog”, “ilova” degan maʼnoda qoʻllanilgan.

Ishchi dastur

Sillabus” atamasi tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Ishchi dasturatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Смарт

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib, aqlli”, “ustomon”, “epchil” maʼnolarida qoʻllanilgan. Murakkab texnik vazifalarni tez va xatosiz bajaradigan qurilma.

Aqlli

Smart” va “aqlli” atamalari tegishli sohalar hamda qonunchilik hujjatlarida barobar qoʻllanmoqda.

Aqlli” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

Челленж

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz bo
‘lib,
“chaqiriq”, “bellashuv”, “chorlov” maʼnolarida keladi.

Chorlov

Chellenj” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qoʻllanmoqda.

Chorlovatamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi. Hozirda OAV, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilib kelinmoqda.

Шуруп

Nemis tilidan oʻzlashgan soʻz. Metall, yogʻoch va plastik jismlarni bir-biriga ulash, bogʻlash uchun qoʻllaniladigan burama mix turi maʼnolarini bildiradi.

Buramamix

Shurup” atamasi tegishli sohalar, jonli muloqotda hamda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanmoqda.

Buramamix” atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

IT парк

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz birikmasi bo
‘lib, axborot texnologiyalari parki maʼnosini bildiradi.

AT parki
(Axborot texnologiyalari parki)

IT parki” atamasi qonunchilik hujjatlarida faol qoʻllanmoqda. Bundan tashqari, koʻplab eʼlon, reklama, tashqi yozuvlarda ham shu shaklda yozilmoqda. Tushunchaning bu shaklda berilishi oʻzbek tili qoidalariga mos emas.

AT parki (Axborot texnologiyalari parki) atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

IT технологиялари

Ingliz tilidan oʻzlashgan soʻz birikmasi bo
‘lib, axborot texnologiyalari maʼnosini bildiradi.

Axborot texnologiyalari
(AT)

IT texnologiyalari” atamasi qonunchilik hujjatlarida faol qoʻllanmoqda. Bundan tashqari, koʻplab eʼlonlar, reklamalar, tashqi yozuvlarda ham shu shaklda ishlatilmoqda. Axborot texnologiyalari (AT) atamasi oʻzbekcha muqobil sifatida tushunchaning maʼnosini ifodalaydi.

 

Ushbu jarayonda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda ish olib bordi, shuningdek, mazkur departamentning ekspertlar guruhida xorijiy atamalar muhokamadan o‘tkazildi.
Almashtirilishi lozim bo‘lgan 40 ta xorijiy atamaning milliy muqobillarini aniqlashda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tilshunoslari ushbu atamalar tegishli soha vakillari bilan muntazam muloqotda bo‘ldi. Shuningdek, xorijiy atamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamadan o‘tkazildi, tilimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizning takliflari hisobga olindi.

O‘ylaymizki, ushbu ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Negaki ayni amaliy harakatlar o‘zbek tilining sofligi saqlash, uning davlat tili sifatida yanada to‘liq kuch bilan ishlashiga, rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!