“Nazariy va klinik tibbiyot” jurnali Xalqaro ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshida ta’sis etilgan.
Jurnal 1999-yildan chop etilmoqda, va 04.05.2007 y. O‘zbekiston Respublikasining axborot va aloqa Agentligida qayta registratsiyadan o‘tkazilgan - № 0255.
ISSN (2091–5853)
“Nazariy va klinik tibbiyot” jurnali O‘rta Osiyo va MDH davlatlarida tibbiyot, biologiya va molekulyar genetika sohalarida tanilgan ilmiy jurnallardan biri deb hisoblanadi. Asosiy vazifasi yirik ilmiy tadqiqotlarning yutuqlarini O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarining ilmiy hodimlari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, vrachlar, farmatsevtlar, doktorantlar, hamda aspirantlar bilan magistrlar orasida targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni chop etib tarqatishdir.
Nashrning tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Jurnalning maqsad va vazifalari – biologiya va tibbiyot, biotibbiyot, biofizika, biokimyo, molekulyar genetika, virusologiya va klinik tibbiyot sohalaridagi ilmiy yutuqlar xaqida ma’lumot berish, tajriba almashish, ilmiy yangiliklarni yoritish, monografiyalarni retsenziyalashdan iborat. Tibbiyot va biologiya ixtisosliklaridagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan maxsus sonlar va sharhlar chop etish qo‘llaniladi, hamda xalqaro anjumanlar - kongresslar, simpoziumlar va syezdlar materiallari yoritiladi.
Mutaxassisligi: Jurnalda turli tibbiyot va biologiya sohalarning sharhlari va original ilmiy maqolalar chop etiladi.
Jurnalning nodir xususiyatlari: Akademik institutlarning olimlari – biologlar, kimyogarlar, fiziklar ko‘p vaqtdan beri O‘zR SSVning institutlari va oliygohlari bilan hamkorlikda tibbiyot muammolari ustida ishlab kelmoqdalar. O‘zR FA institutlarida ishlab chiqilgan ko‘pgina dori vositalari, reaktivlar to‘plamlari, diagnostik test-to‘plamlar, uskunalar tibbiyot amaliyotiga joriy etilmoqda. Jurnalda yurtimizdagi ilmiy tadqiqotlarni muntazam ravishda yoritish tadqiqotchilar va qator tibbiyot va akademik mutaxassislariga olgan bilimlarini faol ishlatishga imkon yaratadi. Jurnal O‘zbekiston va chet davlatlar biotibbiyot, biofizika, biokimyo, molekulyar genetika, virusologiya va klinik tibbiyot ixtisosligida yo‘naltirilgan olimlarning yutuqlarini faol ravishda chop etuvchi va targ‘ib qiluvchi nashrdir.
Tarqatilayotgan regionlar: O‘zbekiston Respublikasining barcha regionlari, MDH va yaqin xorijiy mamlakatlarda. Jurnal Rossiyaning Ilmiy Sitirlash Indeksi (RINS) elektron ilmiy kutubxonasiga kiritilgan.
Moliyalashtirish manbalari: xo‘jalik shartnomalari, obuna bo‘lish.
Aripova Tamara O‘ktamovna
Tug‘ilgan sanasi: 11.07.1953
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishi: immunologiya
O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori.
Tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Toshkent Davlat Tibbiyot institutini (h.v. TTA) 1976 y. tamomlagan
Aripova T.U. 350-tadan ortiq ilmiy ishlar chop etgan (ulardan 180tasi O‘zR mustaqilligidan keyin), shu qatorda 9ta monografiya, 2ta patent muallifi, 3ta xalqaro mualliflik guvohnomasi, 42ta uslubiy tavsiyalar.
7 nafar fan doktori va 13 nafar kandidatlar tayyorlagan.
Manzil: |
100060, O‘zbekiston, Toshkent, Y. G‘ulomov ko‘ch., 74 |
Telefon: |
(+998-71) 233-92-83 |
Faks: |
(+998-71) 233-08-55 |
E-mail: |
|
Sayt: |
Maqola ikki nusxada va elektron shaklda taqdim etilishi kerak. Original maqolalarning xajmi, shu bilan birga jadvallar, rasmlar, adabiyotlar va xulosa 8-12 varaqdan; sharhlar va leksiyalar – 10-15 varaqdan oshmasligi kerak. Maqola kompyuterda 1,5 interval va Times New Roman 14 shriftida terilishi lozim.
Maqola korxona rahbarining chop etishga ruxsati va imzosi bo‘lishi kerak, maqolaning oxirida barcha mualliflarning imzosi, muxarrirlik ishlari bo‘yicha mas’ul muallifning elektron pochtasining adresi va telefon raqami bo‘lishi lozim.
Maqola ishlar bajarilgan muassasaning rasmiy yo‘llanmasi, retsenziya va ekspert xulosasi bilan taqdim etilishi kerak. Rasmiy yo‘llanmada barcha mualliflarning familiyasi, va maqola nomi keltirilishi lozim.
Chiqarilish ma’lumotlarida quydagilar ko‘rsatiladi: a) ishlanmaning nomi; b) mualliflarning familiyasi va insiallari (maqolada va adabiyotlar ro‘yxatida initsiallar familiyadan keyin qo‘yilishi kerak); v) ishlanma bajarilgan muassasaning nomi keltiriladi; g) shahar.
Maqola sinchiklab tekshirilgan bo‘lishi kerak va quydagi qismlar keltirilgan holda tuzilishi lozim: kirish qismi (dolzarblik), muammo o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi, material va usullar, olingan natijalar va ularning muhokamasi, xulosalar, adabiyotlar ro‘yxati. Kirish qismdan tashqari qolgan qismlar ajratilishi kerak. Maqola nomi qisqa va 10 ta so‘zdan oshmasligi lozim. Maqolaning moxiyati qisqa va aniq ya’ni uzun tarihiy muqaddimalarsiz bayon qilinishi kerak. Tadqiqotlarda olingan natijalarni xulosa va xotimalarini ishonarligini statistik ishlovsiz baholash qiynchilik tug‘dirsa, raqamli ma’lumotlarni statistik qayta ishlash shart. Original tadqiqiy maqolalar yangilik bo‘lishi shart va keng tanilgan ma’lumotlarni qaytarmasliklari kerak.
Illyustratsiyalar matnda taqdim etiladi va rasm tagida uning raqami va tushuntirish so‘zi yoziladi. Grafik va sxemalarda tushuntirish so‘zlari ko‘paymasligi darkor. Mikrofotografiyalar, foto va rasmlar oq-qora rangda bo‘lishi shart.
Jadvallar matnda keltiriladi va ixchamlashgan, ko‘rgazmali, nomlangan va nomi ichida keltirilgan ma’lumotlarga mos bo‘lishlari kerak. Barcha jadvalda keltirilgan raqamlar matnda keltirilgan raqamlar bilan mos va statistik qayta ishlangan bo‘lishi shart.
Qo‘llanilayotgan dori vositalari va ularni yuborish usullari O‘zR SSV ning Farmakologik ko‘mitasida tasdiqlangan va klinikada qo‘llash uchun ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. Tibbiyot-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiyada qo‘llanilayotgan yangi uskunalar, apparatlar va instrumentlarga O‘zR SSV ning yangi tibbiy texnika bo‘yicha ruxsatnomasi bo‘lishi shart.
Umumiy qabul qilingan qisqartmalardan tashqari qisqartirishlarga ruxsat etilmaydi. Shartli belgilar birinchi keltirishda to‘liq yoziladi.
Maqolada qo‘llanilgan adabiyotlarning ro‘yxati keltirilishi lozim, va ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi shart: Manbalar alifbo tartibida, mualliflarning familiyasi va insiallari ko‘rsatilgan holda, avval mahalliy keyin xorijiy mualliflar keltiriladi. Kitoblar, maqolalar, jurnallar, nashr etilgan joyi, nashriyot, chop etilgan yili, tomi va chiqqan soni, varaqlar “boshi” va “oxiri” to‘liq ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi. Yurtimiz mualliflarining chet tilida chop etilgan ishlari umumiy ro‘yxatning xorijiy mualliflar qatorida alifbo tartibida keltiriladi, va xorijiy mualliflarning rus tilida nashr qilingan maqolalari – mahalliy avtorlar qatorida, umumiy alifbo tartibida keltirilishi lozim. Jami manbalar raqamlanishi kerak va ularning raqamlari maqola matnidagi raqami bilan bir xil bo‘lishi shart. Muallifning bir necha ishlari sitirlansa (jumladan hammualliflar) ro‘yxatda ular ketma-ket joylashishi kerak. Dissertatsiyalarning avtoreferatlari keltirilsa ularning nomi ko‘rsatilishi lozim. Nashr qilinmagan manbalarga murojaat qilish mumkin emas. Bibliografiyaning aniqligi ma’suliyati muallifga yuklanadi.
Original maqolaga UDK (universal o‘nlik klassifikatsiyasi raqami) raqami qo‘yilishi lozim, rezyume (maqolaning qisqa mazmuni) rus, ingliz va o‘zbek tilida, jami mualliflarning familiyalari va maqolaning nomi ko‘rsatiladi. Rezyumelarda qisqartmalarga ruxsat etilmaydi (umumiy qabul qilinganlardan tashqari). Rezyumelarga kalit so‘zlari keltirilishi lozim. Rezyumening xajmi 250 so‘zdan oshmasligi shart.
Boshqa nashrlarda chop etilgan yoki nashr qilishga yuborilgan maqolalar tahririyatga taqdim etilishi mumkin emas.
Tahririyat materiallarni qabul qilingandan so‘ng bir oy muddat davomida retsenziya qilib, chop etish haqida qaror chiqaradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan qoidalarga amal qilinmasa va retsenzent tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar takrorlansa maqola chop etishga qabul qilinmaydi.
Tahririyat ishlanmalarni qisqartirish huquqini o‘z zimmasiga oladi